Get Mystery Box with random crypto!

Xotira bor ekan,tirikdir millat,  Tirikdir iftixor,tirikdir g‘ | FARGONA_SAXOVATI

Xotira bor ekan,tirikdir millat, 
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur. 
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, 
Xotira — ertani yoritguvchi nur. 

Hatto maysaning ham xotirasi bor, 
Maysa xotirasi — nurga intilmoq. 
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi 
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘. 

To quyosh osmonda porlab turarkan, 
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim! 
Har bir fojiaga,har bir sharafga, 
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!

https://t.me/Margilon_ustalari
https://t.me/Fargona_Yurak_Amri