Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona viloyat kutubxonasi

Telegram kanalining logotibi fargona_akm — Farg'ona viloyat kutubxonasi F
Telegram kanalining logotibi fargona_akm — Farg'ona viloyat kutubxonasi
Kanal manzili: @fargona_akm
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.37K
Kanalning ta’rifi

📚 Farg'ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚
📘Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
📰Yangiliklar
🎁Aksiya va tanlovlar
Murojaat: @Fergana_library_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-02-12 10:42:32
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_538_yilligi

Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlab “Jahongashta Bobur” deb nomlangan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Kecha davomida kitobxonlar va kutubxona xodimlari bilan birgalikda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan g‘azal va ruboiylar, shuningdek kechaga joziba kiritish maqsadida faol kitobxon Barno Ro‘zimatova tomonidan raqslar ijro etildi.

Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishnikim ayladim – xatolig‘ bo‘ldi,
O‘z yerin qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Zahiriddin Muhammad Boburning yurt sog‘inchi, uning huzuriga elchining ona yurtidan keltirgan qovun sahnasi ham ijro etildi.

Shuningdek, tadbir davomida kitobxon Muhabbatxon Boburning ijodida yurt ishqi, ona yurt sog‘inchi, sevgi-muhabbat tuyg‘ulari mohirona aks ettirilgani haqida so‘zlab, shoirning g‘azallaridan aytib o‘tdi.

Tadbir mazmunli va maroqli bo‘lib, kitobxonlar tadbirdan ma’naviy ozuqa oldilar.
993 views07:42
Ochish/sharhlash