Get Mystery Box with random crypto!

Lotinchada 'sinekura' degan termin bor. U so'zma-so'z 'qalbni | 451

Lotinchada "sinekura" degan termin bor. U so'zma-so'z "qalbni davolamaslik, ruh haqida tashvishlanmaslik" degan ma'no anglatadi

Aslida bu O'rta asrlar Yevropa katolik cherkovlarida rasmiyatchilik uchungina joriy qilingan lavozimni anglatgan. Odatda sinekurlar cherkov ishlariga aralashmagan va dindorlarning ruhiyati haqidagina g'amxorlik qilgan.

Keyinchalik yaxshigina daromad keltiradigan, ammo biror ma'suliyat talab qilmaydigan lavozimni ifodalash uchun odamlar ushbu termindan foydalana boshlagan.

Masalan, Britaniya hukumatida hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan va "sinecure" deb atalagan ba'zi rasmiy lavozimlar saqlab qolingan. Ularga — kengash lord-boshqaruvchisi, kichik muhrni qo'riqlovchi lord, Lankaster gersogligi kansleri kabilar kiradi.

Nima deb o'ylaysiz, bizda ham ana shunday sinekurlar bormi

451