Get Mystery Box with random crypto!

FarDU sirtqi ta'limi xabarlari

Telegram kanalining logotibi fardusirtqi — FarDU sirtqi ta'limi xabarlari F
Telegram kanalining logotibi fardusirtqi — FarDU sirtqi ta'limi xabarlari
Kanal manzili: @fardusirtqi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.44K
Kanalning ta’rifi

Murojaat uchun:
Muhammad DO'ST

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-31 06:42:06
Ichki perevod natijalari chiqa boshladi.

Talabgorlar transfer.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kirgan holda, "arizalar tarixi" bo'limidan natijani aniqlashlari mumkin.

"Tavsiya etildi" statusi perevod qilishingizga ruxsat berildi degani. Agar javob kelmagan boʻlsa biroz kuting, birin-ketin javoblar kelmoqda.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
2.4K viewsReklama uchun..!, 03:42
Ochish/sharhlash
2022-08-31 00:21:44
Bayram muborak!

1991 yil 31 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqilligi eʼlon qilingan kun.


1991 yilning 1 sentabri esa har yili yurtimizda - Mustaqillik kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Istiqlolimizning 31 yilligi muborak boʻlsin, azizlar!

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
2.5K viewsReklama uchun..!, 21:21
Ochish/sharhlash
2022-08-30 21:32:31 Eslatma: O‘zbekistondagi ta’lim muassasalari uchun 2022-2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni 5-sentabrdan boshlanadi.

Samarqandda 14-15-sentabr kunlari Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan viloyatdagi oliy ta‘lim muassasalarida o‘qish sentabr oyi oxiridan boshlanadi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
2.3K viewsReklama uchun..!, 18:32
Ochish/sharhlash
2022-08-30 21:32:31 Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kimlarga beriladi?
— Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
— Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
— Kunduzgi, sirtqi, kechki;
— Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7-yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7-yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?
— bankka ariza;
— shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
— talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
2.1K viewsReklama uchun..!, 18:32
Ochish/sharhlash
2022-08-30 21:32:31
FDU-SEMINAR | UNIVERSITET VAKILLARI - ICHKI ISHLAR BOSHQARMASIDA

Farg'ona davlat universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyi direktori, dotsent - Sobirjon Siddiqov hamda O'zbekiston tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi Ravshanbek Akbarovlar tomonidan Viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasida "Qatag'on qurbonlari - istiqlol fidoyilari" mavzusida ma'ruza olib borildi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
1.8K viewsReklama uchun..!, 18:32
Ochish/sharhlash
2022-08-30 21:32:31
FDU - REPORT |

Ushbu yig‘ilishda – universitet Kengashi Nizomi, yillik ish rejasi, Kengash a`zolari va komissiyalari tarkibini tasdiqlash, yo’riqnoma hujjatlar ijrosi, oliygohning yangi o’quv yilidagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha muhim vazifalar hamda turli tashkiliy masalalar kun tartibidan o’rin egalladi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
1.7K viewsReklama uchun..!, 18:32
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:27:10 To‘lov-kontrakt shartnomasini onlayn yuklab olish mumkinmi?

Endi barcha kurs talabalari (1-2-3-4) to‘lov-kontrakt shartnomalarini turli navbatlarsiz onlayn yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun siz http://kontrakt.edu.uz saytiga kirasiz va shartnoma uchun onlayn ariza yuborib, uni yuklab olasiz.

Bu respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun bo‘lib, sayt yangi o‘quv yilining birinchi kuni 5-sentyabrdan boshlab ishga tushadi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
1.5K viewsReklama uchun..!, 07:27
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:07:09 #perevod2022

Nega natijam haliyam chiqmayapti?

Alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlariga o'qishini ko'chirish uchun kasbiy (ijodiy) va test sinovlarini topshirgan talabalarning natijalari "Qiymatlanmagan" holatda turibdi.

Sababi DTM tomonidan ijodiy imtihon va test sinovlari natijalari umumlashtirib shaxsiy kabinetga joylanmagan. Shu sababli ham bu toifadagi talabalarning natijalari hozircha ko'rinmayapti.

Biroz sabr qiling, natijalar albatta e'lon qilinadi. Shuni biz ham kutyapmiz.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
2.6K viewsReklama uchun..!, 18:07
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:21:14 Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
2.8K viewsReklama uchun..!, 14:21
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:05:20 Super kontraktga ariza qachon yoziladi?

Super kontraktga hali arizalarni qabul qilish boshlanmadi. Arizalar qabuli boshlansa rasman e'lon qilinadi.

O‘tgan yilgi tartibga binoan super kontraktga arizalar qabuli boshlangach super kantrakt asosida o'qish istagida bo'lgan abiturientlar t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali kirib ariza berishlari talab etiladi.

Bu tartib kunduzgi, kechki, sirtqi va bu yilgan masofaviy ta'lim shakliga ham hujjat topshirgan abituriyentlarga tegishlidir.

Toʻlov-kontrakt miqdori bilan tanishish...

Super kontrakt miqdori bilan tanishish...

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU
2.8K viewsReklama uchun..!, 09:05
Ochish/sharhlash