Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev: “Men doim aytganman va yana qaytaraman, bi | FarDU sirtqi ta'limi xabarlari

Shavkat Mirziyoyev: “Men doim aytganman va yana qaytaraman, biz uchun birinchi o‘rinda ta’lim, ta’lim va yana ta’lim turadi”

Shavkat Mirziyoyev keyingi besh yilda eng ko‘p e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlardan birinchisi ta’lim ekanini aytdi. Prezidentga ko‘ra, maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

“Bu tizim avval ilg‘or xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, keyingina hayotga tadbiq etiladi”, – dedi Mirziyoyev.

Maktablar qurish, malakali pedagoglar tayyorlash va ularning maoshini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilishi aytildi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’limi uchun sharoitlar kengaytiriladi.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU