Get Mystery Box with random crypto!

Apellyatsiya bu nima va qanday tartibda oʻtkaziladi? 27 avgus | FarDU sirtqi ta'limi xabarlari

Apellyatsiya bu nima va qanday tartibda oʻtkaziladi?

27 avgust kuni test sinovlari boʻyicha tanlov natijalari (mandat) eʼlon qilindi.
Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan abituriyentlar 10 kun muddatda oʻz shaxsiy kabineti orqali apellyatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

U qanday tartibda boʻlib oʻtadi?

Siz oʻz kabinetingiz orqali ariza berasiz va Sizga qaysi vaqtda DTMga (Toshkentga) yetib kelishingiz koʻrsatiladi.

Apellyatsiya bergandan soʻng qayta test sinovlari oʻtkaziladimi?

Yoʻq! Apellyatsiyada Sizga oʻzingiz yechgan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi beriladi. Agarda savolga yoki boʻlmasa men toʻgʻri belgilagan edim, lekin menga ball qoʻshilmagan deb hisoblasangiz, shu fan eksperti oldiga oʻtirasiz hamda oʻzingizni eʼtirozingizni koʻrsatib oʻtasiz.

Agarda, eʼtirozingiz haqiqatda oʻrinli boʻlsa Sizga shu savol uchun ball qoʻshiladi. Ekspert esa oʻz oʻrnida Sizning ushbu savol boʻyicha eʼtirozingizga toʻliq javob beradi.

Yana bir marotaba qaytarib oʻtaman, apellyatsiya qayta test sinovlarini topshiradi degani emas.

Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU