RASMAN: Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi 20 | FarDU sirtqi ta'limi xabarlari
RASMAN: Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
my.dtm.uz sayti orqali:
my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Kanalga obuna bo’ling
https://t.me/UzFarDU