Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_bayrami_muborak! | Filologiya Fakulteti | Rasmiy

#Mustaqillik_bayrami_muborak!


VATAN OʻZI NIMA?

Bu savol berilganda tabiiyki hamma har hil javob beradi. Kimdir "eski uyimiz - Vatan!" desa, yana kimdir "ayam koʻrpa qavigan ayvonimiz -Vatan!" deydi. Agar bu savolni kichikroq bolalarga bersangiz ulardan: "Gazxonamiz - Vatan!", "Opoqimlarni uyi -Vatan!", "Ayam meni uxlatadigan uyimiz - Vatan!" singari ajoyib javoblar ham olishingiz mumkin. Koʻrinib turibdi-ki, hamma oʻziga qadrli joyni Vatan deb ataydi.

Aslidachi, aslida Vatan nima oʻzi?
Men bu savolga bitta mashina misolida javob bermoqchiman. Avtomobil minglagan detallardan tashkil topib, keyin mashina deyiladi. Agar oldingizga bitta mashina shinasini qoʻyib, bu nima deyishsa, siz hech qachon "Bu avtomobil" demaysiz. Bor ana kattaroq qismi boʻlgan kuzfining oʻzini koʻrsatib, "bu-chi?" deyishsa, baribir "mashina" deyishdan koʻra "kuzf" deyishni maqul koʻrasiz. Toʻppa toʻgʻri! Albatta, shina ham yoki kuzf ham yakka oʻzi mashina boʻla olmaganidek, biz aytayotgan bitta uyimiz ham, oʻsha qumrili ayvonimiz ham butkul Vatan boʻla olmaydi. Lekin oʻsha shina, kuzfni mashina, ayvoni-yu, oshxonasini Vatan deguvchilar ular aslo notoʻgʻri gapirmayotirlar. Ular shunchaki mashina yoki Vatanning bittagina boʻlagini aytmoqdalar holos. Ha, aslida mashinaning bitta boʻlagi ham - mashina, Vatanning bitta jajji qismi ham - Vatan.
Shuning uchun: yerimiz - Vatan, osmonimiz-Vatan, suvimiz -Vatan, togʻimiz- Vatan, dalamiz-Vatan, dashtimiz- Vatan, arigʻimiz - Vatan, koʻlmagimiz - Vatan, hatto shu koʻlmagimizda suzib yurgan baliqlar ham - Vatan.
Uyimiz ham - Vatan! Uyimizdagi alla-yu, kuyimiz ham - Vatan! Devor-u tomimiz, ustun-u romimiz hamma-hammasi Vatan. Ha, bularning barchasi Vatan! Ona Oʻzbekistonimizda nima borki, bari -Vatan!
Huddi shu tushuncha qaniydi hammada boʻlganda. Birov birovning shoxini sindirmagan, toshini tepmagan boʻlardi.
Doʻstim, sen Vatanni jimjimador tashbehlar, qat-qat maʼnoli baytlar ichidan axtarama. Tuprogʻi toʻtiyo yurtimning qayeriga boqsang, koʻzing qayeriga tushsa, shu sening Vataning.
Shuning bilan bu topilmaslarning har birini oʻziga yarasha fayzi boʻlganidek, oʻziga yarasha haqqi ham boʻladi. Bu haq- suviga tupurmaslik, gulini yulmaslik, havosini pok, tabiatini musaffo saqlash.
Endi qanday qilib, shu yurtning bitta shoxini qayirmagan inson shu zaminning odamini soʻka olsin. Qanday qilib oʻz yutdoshining haqqini oʻgʻirlasin. Huddi akasiga yoki ukasiga ozor bergan boʻlib qolmaydimi.
Aslida kimga boʻlmasin ozor yetkazish qanday katta musibat.Tagʻin endi u sening oʻz yurtdoshing boʻlsa, bunga qanday soʻz topishgayam hayronsan!

Vatan ne ekanini bilgan inson Vataniga, xalqiga zarra hiyonat qilmaydi. Shu bois bolalarimizga bu pok tuygʻuni yoshlikdan shunday joylashimiz kerakki, ulgʻayganda u bolakay qoʻshnisining bir dona behisini ham haqqidan qoʻrqsin! Qoʻshnisining mulki boʻlgani uchun unga qoʻl tekkizmasin. Vatanining bir parchasi boʻlgani uchun Yaratganning roziligini istab saratonda ostiga bir bir chelak suv quyib qoʻysin.
Mana shu Vatanni sevish. Men Vatan tushunchasini shunday tushunaman!

PINGVIN HOLANING ALLASI

Vatan qayda? — sen bosgan
Aziz izingda.
Vatan qayda? — koʻkdamas,
Sening oʻzingda.

Vatan nima? — onangning
Issiq quchogʻi.
Yoki sen yorib chqqan
Tuxum poʻchogʻi.

Qobiljon Shermatov.


Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/ShermatovQobiljon