Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar o‘rtasida “Qishki sessiya” turniri bo‘lib o‘tadi! Q | Farg'ona davlat universiteti

Talabalar o‘rtasida “Qishki sessiya” turniri bo‘lib o‘tadi!

Qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Qishki sessiya” turniri o‘tkaziladi!

O‘yin 5-yanvar, juma kuni respublikamizning barcha hududida soat 14:00 da boshlanadi.

O‘yin har biri 12ta savoldan iborat bo‘lgan 2 turda o‘tkaziladi.

Hududlardagi o‘yinlarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi va o‘yinlarning manzili haqida quyidagi hududiy kanallar orqali ma’lumot beriladi:

• Andijon viloyati;
• Buxoro viloyati;
• Farg‘ona viloyati;
• Jizzax viloyati;
• Namangan viloyati;
• Navoiy viloyati;
• Qashqadaryo viloyati;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
• Samarqand viloyati;
• Sirdaryo viloyati;
• Surxondaryo viloyati;
• Toshkent viloyati;
• Toshkent shahri;
• Xorazm viloyati.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube