Get Mystery Box with random crypto!

Nomdor stipendiyalar bo'yicha ovozli chat Tez orada universit | Farg'ona davlat universiteti

Nomdor stipendiyalar bo'yicha ovozli chat

Tez orada universitetlarda Prezident, Beruniy va Navoiy kabi nomdor stipendiyalarga topshirish uchun hujjatlar qabuli boshlanishini hisobga olgan GrantGO loyihasi jamoasi shu mavzuda ovozli chat qilishni rejalashtirdik.

Suhbat davomida siz nomdor stipendiyalar haqida o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

Kimlar uchun
Prezident, Beruniy, Navoiy yoki shu kabi boshqa O'zbekiston nomdor stipendiyalarga hujjat topshirishni reja qilib yurganlar
Yuqoridagi stipendiyalar haqida ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lganlar
Kelajakda chet elda o'qishga grant yutish uchun akademik yutuqlarini boyitishni istaganlar

Suhbat davomida
Nomdor stipendiyalar haqida umumiy ma'lumotlar
Ularning talablari
Hujjat topshirish jarayoni
Savollarga javoblar

Suhbat joyi va vaqti
@grantgouz telegram kanali
21.07.2023 (Juma) 22:00

Nomdor stipendiyalar bo'yicha to'liq kurs
"Stipendiatlikka qadam" mentorlik kursi

Barcha qiziquvchilarni suhbatga taklif qilib qolamiz!

#mentorship #voicechat

Telegram | Instagram | YouTube