Get Mystery Box with random crypto!

Farg‘ona davlat universiteti san'atshunoslik fakultetida O'zbe | Farg'ona davlat universiteti

Farg‘ona davlat universiteti san'atshunoslik fakultetida O'zbekiston xalq artisti, Farg‘ona davlat universiteti professori Tavakkal Qodirov xotirasiga bag'ishlangan turnir doirasida talabalar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi.
Jamoalar o'rtasida o'tkazilgan saralash bosqichida musiqa yo'nalishi 2-kurs talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Fakultet dekani A.G'ofurov, dekan o'rinbosari A. A'zamjonov, tyutorlar va xodimlar ishtirokida yakunlangan tadbirda g'olib jamoa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.