Get Mystery Box with random crypto!

#Jonli Mahallalardan chiqmagan holda davlat xizmatlarini tash | Farg'ona Davlat xizmatlari yangiliklari (rasmiy kanal)

#Jonli

Mahallalardan chiqmagan holda davlat xizmatlarini tashkil etishni kengaytiriladi.

Xabaringiz bor hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida har bir tuman (shahar)ga iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklaridan biriktirilgan masʼul xodimlar – respublika vakillari uchun oʻquv seminarlar tashkillashtirilmoqda.

Davlat boshqaruvi akademiyasida boʻlib oʻtayotgan seminarda DXA direktorining birinchi oʻrinbosari N.Muxammadiyev “Mahallalardan chiqmagan holda davlat xizmatlarini tashkil etishni kengaytirish” mavzusida ma'ruza qilmoqda.

Bunda

tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga oid tartiblar bilan tanishtirish;

mahallalarda aholining fuqarolik holati, kadastr xizmatlari, mol-mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimlarini joriy etish;

mahallalarda yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimlarini joriy etish masalalariga eʼtibor qaratilmoqda.