Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Ba'zida shunday kunlarni boshdan kechirasizki, “dardingizn | Farkhadovna's 🇺🇸 🇺🇿

​​​​Ba'zida shunday kunlarni boshdan kechirasizki, “dardingizni” hech kimga ayta olmaysiz. Hammaga oʻzingizni kuchli va baxtli koʻrsatasiz. Odamlar sizni koʻchalarda koʻrishganida hamma qatori yashab yuribdi, hayoti bir tekis ketyapti, deb oʻylashadi. Aslida, ichingizda toʻfon boʻladi, siz tunlari ovoz chiqarmay yigʻlab chiqasiz.

Hech kimdan yordam soʻramay, faqat Yaratgandan najot soʻraysiz. Atrofdan jirkanishni boshlagansiz allaqachonlar, lekin yashash kerak, tiriklikni davom ettirish kerakligi haqida oʻylaysiz...

Butun dunyoning hamma ilmlari-yu, yozilgan kitoblar, sheʼrlar, qoʻshiqlar — miyangizdan oʻtayotgan fikrlarni yuvib keta olmaydi... Yolgʻon dunyo, aldoqchi va olchoq odamlar sizni ruhingizni, jismingizni ham sindira olmaydi... Ochlikka chidaysiz, lekin gʻururingiz yerga urilishiga emas!

Siz shu darajada kuchli boʻla olasizki, buni baʼzilar aqliga ham sigʻdira olmaydigan darajadagi iroda sizda mavjud.

Shunchaki, sizga yomonlik qilganliklari uchun afsuslantiring: ulardan kuchli boʻlib!
Boy boʻlmaganingiz uchun tahqirlashgan boʻlishsa — boy boʻlib; zaif deb oʻylashgan boʻlsa—kuchli boʻlib.

Sizni ezishlariga aslo yoʻl qoʻymang!

​​