Get Mystery Box with random crypto!

Oq koʻylak --> qora shim --> roʻmol --> soqol --> soch --> qar | Farkhadovna's 🇺🇸 🇺🇿

Oq koʻylak --> qora shim --> roʻmol --> soqol --> soch --> qarabsiz-ki bir tiyinga qimmat kadr tayyor!


Jensi shim... Oʻzbek mentalitetimizga umuman mos kelmasligini kecha 1-para darsda bildim. Xoʻp, mentalitetimizga jensi shim mos kelmas ekan, unda nima uchun mos keladigan narsalarga "boʻmba"ga qaraganday qaraysizlar, ayting! Universitetga doʻppi kiyib kelgan boladan tinchlikmi, ertadan kiyib kelma, boshingda koʻrmay deysiz! Hijobli qizlarga esa, choʻntagingizdan biror narsangizni oʻgʻirlagan insonga qaraganday qarash qilasiz? Endi ayting, Mentalitetimiz qanday? Qizlarning tizzasidan bir qarich yuqori qilib yubka kiyib kelishlarimi? Yoki yigitlar umuman faqat qishin-yozin archa kabi oq va qora kiyimda yurishlari bizning mentalitetimizmi? Boʻldi Siz SSSR davrida oʻqigan boʻlsangiz biz ham shunday qilishimiz kerak degani emas-ku!!! Tushuning!
Oyoqdagi krossofkamiz ham mentalitetimizga mos emas. Nima kiyish kerak? Eski davrning "tosh kalish"laridan kiyib kelaylikmi?
Mentalitet, mentalitet deb oʻzingizni toʻldirasiz, mentalitetimizda ayollar ochiq bosh bilan yursin deyilganmi? Oʻzingiz boshingizga faqat marakalarda roʻmol oʻrasangiz oʻsha oʻzbekchilik mentalitetimizga 100% mos keladi-ya?! Bir qizni guruh oldida haqorat qiladigan, shaxsiyatiga tegadigan xatti-harakatlar va gaplarni aytish oʻzbekchilik mentalitetimizga toʻgʻri keladi-ya?!. Deyarli umri davomida boshi biror marta sajdaga tegmagan boʻlsa ham, biz islomiy davlatmiz deb kiyimingni toʻgʻirla zamirida bong urish qanchalik toʻgʻri? Islomiy kiyingan qizlarga tazyiq oʻtkazish-chi? Xullas, tushunmadim... Tizimni tozalash kerak, boshidan tozalash...))



https://t.me/+TOcHmVHrOtA0ZTcy