Get Mystery Box with random crypto!

Do'zanda yoshlari

Telegram kanalining logotibi faqattelegramm — Do'zanda yoshlari D
Telegram kanalining logotibi faqattelegramm — Do'zanda yoshlari
Kanal manzili: @faqattelegramm
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 153

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2022-11-02 05:54:15
Yoshlar_ishlalari_agentligi

Hurmatli yoshlar.

  Germaniya Federatsiyasida
  O'qish
  Ishlash

istagida bo'lgan yoshlarni 02.11.2022 - yil soat 14:00 da Namangan shahar "YOSHLAR MARKAZIDA" bo'lib o'tadigan Konferensiyaga taklif etamiz.
34 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 02:54
Ochish/sharhlash
2022-10-31 20:37:15
Mnemonika bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok eting!

Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekiston mnemosport federatsiyasi bilan hamkorlikda umumiy sovrin jamg‘armasi 140 mln so‘mga teng bo‘lgan xalqaro mnemonika musobaqasini tashkil etmoqda!

Musobaqaning saralash bosqichida ishtirok etish uchun hoziroq @mnemosportbot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting va aqliy qobiliyatingizni sinovdan o‘tkazing!

Saralash bosqichida barchaga omad tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
38 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 17:37
Ochish/sharhlash
2022-10-31 20:31:53
“BIZNES MARAFON” mega loyihasi Namanganda!

Biznes olamiga kirishni niyat qilganlarni:

4-noyabr soat 15.00da Namangan shahridagi Namangan viloyat (Davlatobod) madaniyat markaziga taklif etamiz!

Biznes marafonda ishtirok etish uchun telegramdagi t.me/biznesmarafon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting. Qatnashish mutlaqo bepul!

Shoshiling! O‘z biznesingizni bugundan boshlang!




Yoshlar ishlari agentligi
Namangan viloyat boshqarmasi
MATBUOT XIZMATI
22 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 17:31
Ochish/sharhlash
2022-10-27 16:43:33
Chust tumanida  Besh tashabbus olimpiadasi 2-mavsumi doirasida sportning Stritbol turi boʻyicha  tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.


Musobaqa 16-21, 22-26, 27-30  yosh toifasida qiz bolalar oʻrtasida oʻtkazilib, bunda sektor bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 60 nafar ishtirokchilar  oʻzaro kuch sinashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra,

16-21 yosh toifasida — Qayirma maxallasi jamoasi (qizlar)
22-26 yosh toifasida — Toymas maxallasi jamoasi (qizlar)
27-30 yosh toifasida — Doʻzanda maxallasi jamoasi (qizlar)

Gʻolib jamoalarni tantanali taqdirlash marosimiga Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari, Chust tuman hokimi va sektor raxbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, tuman hokimi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raislari ishtirok etib, musobaqada 1, 2, 3-oʻrinni egallagan jamoalarni  qimmatbaxo sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirladilar.
689 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 13:43
Ochish/sharhlash
2022-10-18 11:25:50
#diqqat_tanlov

Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

TANLOV NIZOMINI OʻQISH

Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.

TANLOVDA ISHTIROK ETISH
44 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 08:25
Ochish/sharhlash
2022-10-17 16:42:33 #Биласизми

Ота-оналар фарзандларини мунтазам равишда мактабга келишларини таъминлаши шарт

«Таълим тўғрисида»ги Қонуннинг 51-моддасига мувофиқ вояга етмаган таълим олувчиларнинг ота-онаси ва бошқа қонуний вакиллари болаларининг умумий ўрта, ўрта махсус таълим ёки бошланғич профессионал таълим олишини таъминлаши, болаларининг ўқув машғулотларига қатнашишини таъминлаш ва ўзлаштириши устидан назоратни амалга оширишлари шарт.

Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги Кодекснинг 47-моддасига мувофиқ ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан вояга етмаган болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик, шу жумладан вояга етмаган болаларнинг маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этишига олиб келиши 300 минг сўмдан 1 млн 500 минг сўмгача жарима солишга сабаб бўлади.

Ушбу ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, 1 млн 500 минг сўмдан 3 млн сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Болаларнинг мажбурий умумий ўрта таълим, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими олишига ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан тўсқинлик қилиш 3 млн сўмдан 4 млн 500 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Ушбу ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, 4 млн 500 минг сўмдан 7 млн 500 минг сўмгача миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача муддатга маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.

Шунингдек, таълим муассасаси педагог ходимининг касбий фаолиятига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки ўз хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш фуқароларга 1 млн 500 минг сўмдан 2 млн 100 минг сўмгача, мансабдор шахсларга эса 2 млн 100 минг сўмдан 3 млн сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир этилган бўлса, фуқароларга 2 млн 100 минг сўмдан 3 млн сўмгача, мансабдор шахсларга эса, 3 млн сўмдан 4 млн 500 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Xalq ta'limi Info
37 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 13:42
Ochish/sharhlash
2022-10-16 17:46:31
DIQQAT TANLOV

21- oktyabr oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan Oltin qanot va Volontyorlar akademiyasi
boshchiligida  ,,ONA TILIM SEN RUHIMNING QANOTISAN!" deb nomlangan:
Anʼanaviy rasmlar
Sheʼrlar
Maʼnoli matnlar
Audiolar
Insholar
     Tanloviga sizlarni kutib qoladi.

DIQQAT, DIQQAT
Barcha ishtirokchilar taqdirlanadi!?

Siz sheʼrlar yozishga, notiqlik sanʼati boʻyicha sheʼrlar aytishga, rasm chizishga, maʼnoli matnlar yozishga qiziqasizmi ???
Unda marhamat qatnashing
G'oliblar 3 nafar:
1-o'rin: Yil statuetkasi va diplom
2-o'rin: Maxsus kiyim va diplom
3-o'rin: Brend konstavar va diplom

Gʻoliblar 21- oktyabr kuni aniqlanadi.

Ijodiy ishlar hakamlar hay'ati eʼtirofiga sazovor boʻlgan ishtirokchilar g'olib deb topiladi.Qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!


Demak vaqt ketdi

Ijodiy ishlarni shu manziliga yuboring
@Volontyorr1
29 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 14:46
Ochish/sharhlash
2022-10-14 08:18:45
Xurmatli Xamshaharlar !!!
23-oktabr kuni18:00 da  Elyor Meliboyevning  tumandagi Markaziy Oʻyingohida konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Shouda barchangizni kutib qolamiz ..

Konsertga Bilet bilan kiriladi. Biletlar soni cheklangan.
Bilet bor. 90-697-08-98
35 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 05:18
Ochish/sharhlash
2022-10-14 06:10:08 Эълон

Ҳурматли маҳалла ёшлар етакчилари!

Бугун маҳаллада ёшлар билан ишлаш борасида мутлақо янги тизим жорий этилди. Сиз Президентнинг маҳалладаги вакили, ёшларнинг ишончи, уларнинг йўлбошчисиз.

Шундай экан, сизнинг муаммоларингиз бевосита бизнинг муаммоларимиздир.

Маҳалладаги иш жараёнида қандай қийинчиликларга дуч келмоқдасиз? Фаолиятингизни янада ривожлантириш борасида таклиф ва мулоҳазаларингиз борми? Қандай масалалар сизни ўйлантирмоқда?

Барчасини @Yoshlar_aloqada_bot орқали бизга юборинг.

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
33 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 03:10
Ochish/sharhlash
2022-10-13 15:32:42
HURMATLI SPORT BILAN HAMNAFAS BO'LGAN YOSHLAR!

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Namangan viloyat hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan viloyati, Chust tumanida sportning STOL TENNISI turi bo‘yicha musobaqa bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada 11 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan barcha YOSHLARNI TAKLIF ETAMIZ

musobaqaga soat 10:00 da START BERILADI

Manzil:
Chust tumani, Xisorak mahallasi 6-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi

Murojaat uchun: (93) 056-29-94

Barchangizni stol tennisi musobaqasida kutib qolamiz!


@chust_yoshlari_uz
27 viewsJurabek Maxmudov Do'zanda MFY, 12:32
Ochish/sharhlash