Get Mystery Box with random crypto!

SHAXMAT BO'YICHA NAVBATDAGI 'ROKIROVKA' TURNIRIGA MARHAMAT! | Do'zanda yoshlari

SHAXMAT BO'YICHA NAVBATDAGI "ROKIROVKA" TURNIRIGA MARHAMAT!

Barcha yosh toifasidagi professional hamda havaskor shaxmatchilar o'rtasida navbatdagi "Rokirovka" turniri joriy yilning 11-mart kuni NORIN TUMANI MADANIYAT MARKAZIda soat 10:00 da o'tkaziladi.

Turnirda ishtirok etmoqchi bo'lgan shaxmatchilar ushbu
@shaxmat23bot orqali joriy yilning 10-mart kuni soat 09:00 ga qadar ro'yhatdan o'tishlari shart.

Belgilangan muddatgacha birinchilardan bo'lib ro'yhatdan o'tgan 100 nafar shaxmatchi turnirda ishtirok etadi.

Ro'yhatdan o'tgan shaxmatchilar turnirga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan NORIN TUMANI MADANIYAT MARKAZIga soat 10:00 ga qadar yetib kelishlari lozim.

Hujjatsiz yoki belgilangan vaqtdan kech kelgan ishtirokchilar turnirda ishtirok etmaydilar.

Joriy yilning 28-yanvar hamda 4-11-fevral kungi turnir g'olib va sovrindorlari belgilangan tartibda ro'yhatda o'tishsa o'yinda ishtirok etishlari mumkin.

18-25-fevral va 4-mart kunlari o'tkazilgan "Rokirovka" turnirlari g'olib va sovrindorlari esa bu safargi musobaqada ishtirok etmaydilar.


NAMANGAN YOSHLARI