Get Mystery Box with random crypto!

2022 yil 29 avgust kuni Oqsaroy qarorgohida Oʼzbekiston Respub | FAOL KUTUBXONACHI

2022 yil 29 avgust kuni Oqsaroy qarorgohida Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxonaning rasmiy ochilish marosimi boʼlib oʼtdi!

Tadbirda yozuvchi va shoirlar, ilm-fan arboblari, poytaxtimizdagi kutubxonalarning yetakchi mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari, OАVi ishtirok etdilar.

Tatyana Аkbarovna mazkur kutubxona Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birinchi Prezident xotirasiga nisbatan hurmati va eʼtiborining yorqin namunasi ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar va Respublika kutubxonachilariga muvaffaqiyat tiladi.

“Oltin meros” xalqaro xayriya fondi raisi Аmirqul Karimovning “Istiqlol tarixidan lavhalar” kitobining taqdimoti hamda, OʼzFА fundamental kutubxonasining direktori Zuhra Berdiyeva tomonidan tayyorlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov biobibliografiyasi” kitobining taqdimoti eʼtiborga molik yangiliklar sifatida qarshi olindi.