Get Mystery Box with random crypto!

#O‘quv-seminar Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan hudu | FAOL KUTUBXONACHI

#O‘quv-seminar

Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan hududiy Bolalar kutubxonalari uslubchilari va maktab kutubxonachilari uchun “Bibliografik elementlar, an'anaviy va elektron shaklda bibliografik qo‘llanmalar tuzish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Kutubxona rejasiga asosan tashkil etilgan o‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxona direktori, Turon FA akademigi, Axborot-kutubxona a’lochisi Berdiyeva Zuhra Shukurovna o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘quv-seminarda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda kutubxona sohasida yangiliklar haqidagi maruzalar tinglandi hamda mavzularga oid ma’lumotlar taqdimot ko‘rinishida tushuntirib berildi.

Mazkur o‘quv-seminari qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site