Get Mystery Box with random crypto!

ᴏɴʟʏ ᴜs -ᴘᴀʀᴛ 11 Lilo ni badanida hali ham ko‘kargan izlar | 🎀FANFIC OF BTS✨

ᴏɴʟʏ ᴜs

-ᴘᴀʀᴛ 11

Lilo ni badanida hali ham ko‘kargan izlar va chandiqlar bor edi. Soat 13:00 va 14:00 oralig‘ida uyg‘ondi. Qiladigan ishlarini rejalashtirdi. Telefonini yo‘qotgani uchun yangisini olmoqchi bo‘lib savdo markaziga bordi. Katta olamon ichida kimdir uni ismini aytdi. Bu Shinwon ekan . Ammo Lilo uni Shinwon ligini ko‘rmadi. Uni SunLee deb o‘ylab yaqindagi hammomga kirib eshigini qulflab oldi. Tinchlanishiga bir-ikki daqiqa kerak edi. Shinwon ham u yerga kirib eshikni taqillatdi. Lilo Shinwon ni ovozini eshitdi.

Shinwon: Lilo, Yaxshimisan? Senga nima bo‘ldi?

Shinwon uni kutib turdi. Lilo chiqgach Shinwon unga savol berdi. Ammo u javob berishni hohlamay uzr so‘rab kasalxonaga ketib qoldi. Kasalxonaga qaytgach o‘zini qamab qo‘yishga qaror qildi!!! Kasalxona dan umuman chiqmadi. Ishga ham do‘stlari bilan ko‘rishgani ham bormadi. Shundan keyin o‘zini ozgina hotirjam his qildi.

Jimin ga men ozgina dam olishim kerak. Ta‘til olmoqchiman deb xabar jo‘natdi. Kunlar-haftalarga, haftala-oylarga hattoki yillarga ulandi. Lilo hatto ishdan ham bo‘shadi. Yashayotgan kvartirasi uchun pulni qayerdan olishni bilmasdi. Baribir Amerikaga, bobosi va buvisining oldiga qaytishi aniq edi. Faqat hozir emas. Chunki bu davlatdan boshqa davlatga o‘tish uchun hali kuchi yetarli emas. Xullas u biroz muddatga hammadan uzoqlashdi.

U yana ishga qaytishga majbur bo‘ldi. Yonida yana Shinwon bor. Do‘sti bilan vaqti ajoyib o‘tardi. Shinwon "**Jimin va Lilo**" o‘rtasidagi munosabatdan habari yo‘q edi. Lilo ham buni allaqachon unutgandi. HongSeok Lilo ni kuzatib turgandi. Shinwon buni payqadi.

Shinwon: Anavi yigit senga tikilib turibdi

Lilo kulib, HongSeok ning oldiga bordi. HongSeok, sizga biror narsa kerakmi? HongSeok nima deyishni bilmay shunchaki o‘tib ketdi. Shinwon Lilo ga yaqinlashdi va Lilo, do‘stim seni yaxshi ko‘radi deb ketib qoldi.

Shinwon va nihoyat do‘stiga yordam berganday tuyuldi. Unga ayta oldi. Ammo Lilo hozir sevgidan tanaffus qilmoqchi edi...

Jimin ishchilarni tekshirish uchun keldi. Lilo ni oldiga o‘tdi. Lilo esa uyga ketish uchun kompaniyadan chiqdi. Jimin ham uni ortidan bordi.

Jimin: Lilo!?!
Lilo: Men uyga ketyapman janob. Uzur

Jimin yana kompaniyaga qaytdi. Lilo boshini eshikdan kirgizib Janob, meni kechiring dedi. Jimin esa buni eshitdi. Lekin eshitmaganlikga oldi. Jimin hozir Lilo ni oldida bo‘lishni juda hohlayotgandi. Ammo uni majburlashni ham hohlamasdi.

U Lilo ni ishxonaga hotirjam kelayotganiga va ortidan hech kim kuzatmayotganiga ishonch hosil qildi. Ammo HongSeok bilan munosabatlari yaxshiligi unga yoqmayotgandi.

Tongda Lilo ishga kelayotgandi. Yo‘l chetidagi qahvaxonada uni HongSeok kutib turgan edi. Ular salomlashib birga kompaniyaga borishdi. Karidorda HongSeok Lilo ni devorga tirab oldi. Lilo uni o‘zidan itarib HongSeok, men siz bilan shunchaki do‘st bo‘lib qolishni hohlayman! Boshqa narsa emas! Agar chegaradan chiqsangiz do‘stligimizga ham putur yetadi!! dedi.

Ishlar tugagach Lilo uyiga qaytdi. Muzlatgichni ochib bir chetda turgan ichimlikni ko‘rdi. Biroz tikilib uni qo‘liga oldi. Jimin ga xabar jo‘natdi.

Jimin kelganida Lilo mast edi. Qo‘lida ichimlik idishi va chips bor edi. Lilo Jimindan yoniga o‘tirishini so‘radi. Jimin uni oldiga kelib o‘tirdi. Lilo o‘zini hotirjam his qilayotgandi. Unga yanada yaqin o‘tirdi. Jimin esa uni o‘ziga tortib mayingina o‘pib qo‘ydi .

Jimin Lilo ga yanada yaqinlashdi. Bunga tayyorliginga ishonasanmi. Lilo shunchaki kulib qo‘ydi va Jimin dan qattiqroq bo‘sa oldi.

Ular kiyimsiz, bir birlarini bag‘rida. Lilo uni tobora ko‘proq hohlayotgandi

.•° .•° .•° .•° .•°

Lilo ko‘zlarini ochganda oppoq xonada kravatda yotardi. Kasalxona... Ustida oppoq tungi kiyim. Ammo o‘rnidan tura olmasdi .

Rajdestvo bayrami yaqin . Hamma o‘z do‘sti bilan birga edi . Birga taom tayyorlashar, ko‘chada birga qo‘shiq kuylashardi. Faqatgina Lilo o‘zida bu uchun kuch topolmayotgan edi. Kuni bo‘yi bir nuqtaga tikilib yotardi.

O‘sha kuni Shinwon va Jimin kelib, unga qarab Rajdestvo muborak Lilo deb ustidan har hil shokoladlarni otishdi

To Be Continued
#onlyu11