Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni bir dasturxon tepasida bir nechta erkak to'ygunicha i | Famous | blog Shoxrux Xolmanov

Bir kuni bir dasturxon tepasida bir nechta erkak to'ygunicha ichib oxirida duo qiladigan payt bittasi "e anavi pichoqni chetga olib qo'y, duo qilayotgan payt dasturxonda turmasin" deganlaridek. Bir voqea esimga tushib qoldi.

Bir kuni bir shaharga ish yuzasidan bordik. Bizni kutib olgan akalar "bir yaxshi joy bor" deb bir kafega mehmondorchilikga olib borishdi. Bordik, o'tirdik, 6 kishiga 16 kishini ovqatini aytishdi. Xullas kechki ovqat avjida edi.

Yonimizdagi stolda 4 ta erkak otamlashib o'tirgan ekan. Shunda to'satdan bittasini gapini eshitib qoldim. Qo'lida haligi to'dirilgan piyolani ko'tarib olib gapirayotgan ekan. Shu gapning o'rtasida "iya to'xta yolg'on gapirmaylik Xudo ko'rib turibdi" deb qo'ydi.

Mashinada jarlikga qarab ketayotgan odam, "nima bo'lsa ham avariyaga uchramay" deb duo qilayotganga o'xshasa kerak.

@Famous_blog