Get Mystery Box with random crypto!

Dardlar o‘tib ketadi... Siz sira o‘tib ketmaydi deb o‘ylaysiz | Hayot falsafasi 🍃


Dardlar o‘tib ketadi...

Siz sira o‘tib ketmaydi deb o‘ylaysiz..! Dardingiz ichingizda gazak otib, sizni ich-ichingizdan mahv etadi deb o‘ylaysiz... Hattoki o‘zingiz sezmagan holda bu hisning sizda ildiz otmasligi uchun o‘zingizga va hayotga qarshi urush ochasiz... O‘z qobig‘ingizga berkinib olib, o‘zingiz o‘zingizni tugatishga kirishasiz... Hayotda kelajakka e’tibor bilan yashashni o‘rniga shu qadar o‘tmishga aylanib qolasizki, ertangi kunlarni o‘tmishga ko‘mish uchun bor kuchingizla tirishasiz... Chunki sira o‘tib ketmaydi deb o‘ylaysiz... Aslida esa tuzalmaydi degan har dardingiz biroz harakat va sabr bilan baxtiyorlikning ichida erib yo‘q bo‘ladi...

- Erdo‘g‘an Yildirim

Ps/ Kanal uchun maxsus buyurtma asosida tarjima qilingan, ruxsatsiz koʻchirmang ))

@falsafasi_hayot