Get Mystery Box with random crypto!

Ikki yil oldin yaqin do‘stim vafot etdi. Bugun uning telefon r | Hayot falsafasi 🍃

Ikki yil oldin yaqin do‘stim vafot etdi. Bugun uning telefon raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Hech kutmagandim!..
— Labbay, dedim. Kichik o‘g‘li ekan. O‘ziga velosiped olib berishimni so‘radi.
— Xo‘p bo‘ladi, bugun albatta olib boraman, dedim va ortidan so‘radim:
— Meni kimligimni bilasanmi?
Bolakay shunday javob berdi:
— Yo‘q, sizni tanimayman. Uydan dadamning rasmlarini tomosha qilib o‘tirgan edim, ular orasidan dadam bilan bir kishining rasmi chiqib qoldi. Rasm orqasida esa shu raqam va shunday yozuv bor ekan:
— «Bolajonlarim, agar vaqti kelib biror narsaga ehtiyojlaring bo‘lsayu meni topa olmasalaring shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib aytinglar. Bu ham menman, faqat boshqa yerda yashayman».

(Tarjima)

@falsafasi_hayot