Get Mystery Box with random crypto!

Koʻchamizga qatiq sotuvchi keldi. Kolyaskada chaqaloq, yonida | Hayot falsafasi 🍃


Koʻchamizga qatiq sotuvchi keldi. Kolyaskada chaqaloq, yonida 5-6 yoshlardagi qizchasi. Bonkalar kolyaska tagiga joylashtirilgan. Bir bonka qatiq besh ming soʻm ekan. Shu payt onasi ham, qizcha ham qoʻshnilarning darvozasini taqillatgani ketishdi. Men sekin bildirmay kolyaska choʻntagiga oʻn ming soldim. Yana bir bonka qatiq olib, qizchaning qoʻliga besh ming berdim. Ertasiga ular yana kelishdi. Mabodo siz adashib pul bermadingizmi, hisob kitobimizdan oʻn ming soʻm ortiqcha chiqayapti, deyishdi.
Titrab ketdim.
Dunyoni goʻzallik emas, halollik qutqarsa kerak...

- Maqsud Jonixonov

@falsafasi_hayot