Get Mystery Box with random crypto!

Xozirgi kunda pul topish muammo bo‘lgan bir vaqtda, kirakash | Hayot falsafasi 🍃

Xozirgi kunda pul topish muammo bo‘lgan bir vaqtda, kirakash akalarimizda ishlar ancha susayib qoldi. Rasmdagi do‘stimizni qizi shaharda student, o‘qidi. Xozirgina qizi telefon qilib -"Ota, imkoningiz bo‘lsa ozgina pul bering"deb qoldi.
Bo‘ldi jonim qizim xozirda deb menga klik orkali kartasiga pul o‘tkazib berishimni so‘radi. Ertalabdan beri 110 ming so‘m ishlagan ekan, shundan 100 mingini o‘tkazib berdik. Qo‘lida esa 10 ming so‘m qoldi. Ko‘zlarimga yosh keldi. Yoqilg‘isiga xam pul qolmadi. Oriyati kuchli bu birodarim umuman birovdan yordam olmaydi, qiynalsa xam o‘zi xarakat qiladi. Xoxlamaydi birovni oldida tili qisiq bo‘lib qolishni.
Qizlarimizni shunaqa qiynalib o‘qitib, voyaga yetkazishni o‘zi oson emas...

Otalarimiz bor bo‘lsin...

@falsafasi_hayot