Get Mystery Box with random crypto!

Kechiraman... Yolvorishing shartmas, shartim tugagan... Ar(a | Falsafa klubi

Kechiraman...

Yolvorishing shartmas,
shartim tugagan...
Ar(a)zimni qarzday o‘chiraman men.
Osmonni o‘rtaga olib
olma tan-
Yerga qarasang ham kechiraman men.

Ko‘zyoshmi,
qo‘ysang-chi, kimga kerak u-
Dalli odamlarning suygan maslagi.
Yig‘lagimmas,
o‘shal esim yegan hu-uv
Kunlarni eslagim kelar, eslagim.

Ko‘ngil so‘rasang ham
kechiraman men.

Zikri ziyoratlar bo‘larmi qabul,
Toki qovushmasa ko‘ksimiz mulki.
Oy -yordan gumona bilan qolgan tul,
Uning nimasiga sig‘inish mumkin.

O‘lim tilasang ham kechiraman men.

Tushun, yoding tushib manim yodimga
Sindirar yettinchi ko‘kdagi kursim.
Chap yelkamda sening gar boshing tursa,
Mayli, o‘ng yelkamda Tyan-Shan tursin.

Kechir demasang ham
kechiraman men.

Rashid Xo‘jamov