Get Mystery Box with random crypto!

Inson yoshi ulg‘aygani sayin. O‘z o‘zidan sal nariroq bo‘lishl | falsafa_psihalogiya|UYDA_QOLING

Inson yoshi ulg‘aygani sayin. O‘z o‘zidan sal nariroq bo‘lishligini xoxlaydigan tuyg‘u, xissiyot, bu Yolg‘izlik mi deyman. To‘g‘ri atrofimiz to‘la odam, qon qarindosh, yor do‘stlar. Ammo goxida, inson o‘zini manan yolg‘iz sezmasligi uchun bular kamdek tuyuladi. Insonlar kuni bilan xorib charchab, kech tushgach, uyida xoli, xotirjam xolatda bo‘lgan paytlari da seziladi yolg‘iz yoki yolg‘iz emasligi. Balki so‘zlarimni to‘liq anglata olmayotgandirman. Ammo insonlar o‘z ko‘ngil kemtiklarini, ana o‘sha, kech maxalda, qalbdagi xotirotlar bilan berkitishlikka urinadilar. Bu urinishlar bazilarimizda o‘xshasa, bazilarimizda o‘xshamaydi. Biz insonlar xech qachon, Shuncha payt baxtli yashadim. Endi shundoq bo‘shliqda yashasam xam mayli deyshmaydi. Balki bu nematni umri so‘nggigacha xis etib yashashni xoxlaydilar.
Allox bergan qalb xalovatini tuyib yashashlik, o‘tayotgan umri dan mamnunlik xissi, goxi ushalib, goxi ushalmagan orzu niyatlar yig‘indisidan ko‘ngilni qoniqishligi, axli oilasi tinch totuv, sog‘ salomatlikda yashashliklari.
Bularni bari bari yig‘ilib, bir butun Baxt ko‘rinishligida namoyon bo‘lsa ne ajab. . . .
Allox bergan nematlari ichida, Allox bergan inomlari ichida Qalbdan xis etib yashashlik uchun jonimizni fido qilishlikka rozi bo‘lguvchimiz, shu shiringina Baxtimizni Allox barchamizga doimiy qilib bersin azizlar. . .

@falsafa_psihalogiya