Get Mystery Box with random crypto!

Bugun men Qoraqalpoq voqeasiga anchadan beri tayyorlanib kelin | Falastin ovozi (Aqso ucun Yahudiylar nega kuraşmoqda)

Bugun men Qoraqalpoq voqeasiga anchadan beri tayyorlanib kelinganligiga va tashqi gij gijlovchi shovinistik kuchlar tomonidan uyushtirilganligiga yaqqol ishonch hosil qildim. Chunki bu voqealar boshlanganidan beri tinchim yo'qoldi va iloji boricha tagiga yetmoqchi bo'ldim. Eng birinchi Qoralpog'iston nomidan ochilgan ko'plar kanallaru gruppalarni tekshirishga xarakat qildim. Eng qizig'i ularni deyarli ko'p qismini troll akkauntlar tomonidan ochilgan (katta ehtimol bilan chet eldagi nomerlar va insonlar tomonidan). Men ba'zi gruppalarga kirib qardosh Qoraqalpoq qardoshlarimizni tinchlantirishga xarakat qildim. Lekin aynan gruppalarga kirib olgan bir ikta ,,tirriq echkilar" o'zbeklarga nafrat uyg'otmoqchi bo'lib meni so'kib xaqoratlashga xarakat qilishdi. Men bu holatda tengma teng raqobatlashish ahmoqgarchilikdan boshqa narsa emasligini bilardim. Shuning uchun to'g'ri tushintirishga xarakat qildim. Lekin men qancha pas ketsam ular tobora meni so'kib xaqoratlashga o'tishdi. Bu Qoraqalpoq elida millatchilik urug'ini sepib mevasini ko'rishga ham ulgurishganini ko'rdim. Lekin ba'zi o'zbeklar ( ba'zilarini o'zbek ham deb o'ylamadim, chunki ko'plarini akkaunti troll akkauntdan boshqa narsa emas edi) olovga moy sepishga xarakat qilib gruppalarga kirib ,, ana endi o'lasanlar, o'zbeklar senlarni qiradi" deya xar xil ko'ngilni aynitadigan videolar tashlayotgandi. Bunaqalarni ko'pi bilan urushib ham qoldim. Chunki ular atayab yollangan trollar edi. Ular faqat O'zbek degan nomga nafrat uyg'otib Qoraqalpoqlar bilan vaziyatni chigallashtirishga xarakat qilishardi.

Boya aytganimdek Qoraqalpoq nomidan ochilgan ko'plar gruppalaru kanallar provakator fitnachilarga tegishli. Chunki gruppaga kirib janjal qilayotgan o'zbeklarni ataylab chiqarmay yanada avj olishini kutishdi. Men va menga o'xshagan insonlarni akkauntini esa ,,biz birodarlarmiz" deyishimiz bilan bloklashdi. Bu o'sha kanallar yaqqol provakatsion kuchlar qo'lida ekanligiga misoldir.

Barcha o'zbeklarga murojaatim:
Iltimos, qizishmang. Qoraqalpoqlar bizning qardoshlarimiz, birodarlatimiz, og'a inilarimizdir. Ular yomon muomalaa qilsalar ham siz yaxshi muomalaada bo'ling. Biz ularga ular esa bizga dushman emasmiz. In shaa Alloh barchasi joyiga tushadi va barcha Qoraqalpoqdagi chetdan kelgan va chetdan boshqarilayotgan provakatsion kuchlar yo'q qilinadi.

@Qoraqalpoq_Ozbek_bir_millat