Get Mystery Box with random crypto!

Pedagogika fakulteti | RASMIY KANALI

Telegram kanalining logotibi fakultetpedagogika — Pedagogika fakulteti | RASMIY KANALI P
Telegram kanalining logotibi fakultetpedagogika — Pedagogika fakulteti | RASMIY KANALI
Kanal manzili: @fakultetpedagogika
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 784
Kanalning ta’rifi

#siz_buni_bilasizmi
Siz bu kanalda Pedagogika fakultetiga oid eng so‘nggi e‘lonlar va yangiliklardan xabardor bo‘lasiz.
Biz bilan birga bo'ling!
Bizning shior: "Birlashib biz katta kuchmiz!"
Murojaat: @Miss_President_N
@fakultetpedagogika

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-08-20 17:14:31 Bu yolg‘on dunyoning yolg‘onlari ko‘p,
Yolg‘oniga uchgan nodonlari ko‘p,
Yo‘ldan ozdirguvchi shaytonlari ko‘p,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Hayosiz insonga qilmagin oshno,
Topmadim so‘zidan na mantiq, ma’no,
Ularning nazdida devonaman, o,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Ba’zisi do‘stman der, lek ichi qora,
Munofiq yuzini ko‘rsam dil pora,
Pora bo‘lgan dilga bormikin chora?
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Maqsadi yo‘lida aylabon makr,
O‘ziga og‘dirib qilganda sehr,
O‘ylamay aytsam gar biror bir fikr,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Ig‘vogar g‘iybatning toshin otganda,
Toshlari ko‘ksimga kelib botganda,
Yaqin deb bilganim meni sotganda,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Na insof, na vijdon bilmaganlarga,
Do‘st bo‘lib, do‘stligin qilmaganlarga,
Sevsam nazariga ilmaganlarga,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Go‘yoki murodi bo‘lgandek hosil-
Ozurda ko‘nglimni og‘ritsa johil,
Netay, ko‘z yoshlarim bo‘lolmas dalil,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Davrada ko‘rolmay noshukr inson,
Yiqitmoq urinsa qidirib nuqson,
Jahlning otiga minsam gar shu on,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!

Ta’nimni qurshabon olmasdan g‘aflat,
Bir umr sen uchun qilayin toat,
Tun-u kun qalbimga solib hidoyat,
ALLOHIM, SEN O‘ZING TO‘GʻRI YO‘L KO‘RSAT!

@Umr_Falsafasi
1.1K viewsN.Ismoilova, 14:14
Ochish/sharhlash
2022-08-18 09:36:00 Ўзбекистонда кучли магнит бўрони кузатилади. Бундай пайтда соғлиқни асраш бўйича тавсиялар берилди

Бугун, 18 август куни туш пайти магнит бўронининг G4 даражага эга 6 баллик ўта фаол босқичи кузатилади. Кун давомида жуда кўпчиликда бош орқа қисмида карахтлик ва кўнгил айниш ҳолати қайд этилиши мумкин.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги ушбу табиат ҳодисасининг зарарли оқибатларидан сақланиш бўйича тавсиялар берди. Унга кўра:

жисмоний фаоллик, жумладан зўриқтирувчи ишлар ва машғулотларни чекланиш;

овқатланиш рационига эътибор қаратиш ва кўпроқ суюқлик ичиш;

шўр таомлар истеъмолини чеклаш (туз организмда сув миқдорини камайтириб, қон босими ошишига сабаб бўлади);

спиртли ичимликлар истеъмол қилмаслик;

юрак хуружи ва инсультни бошдан кечирганлар машина ҳайдамаслик;

саёҳат қилишни кечиктириб туриш лозим.


@xushnudbek
878 viewsN.Ismoilova, 06:36
Ochish/sharhlash
2022-08-18 06:11:57
#Happy_birthday

Bugun Pedagogika fakulteti, 191- guruh Amaliy psixologiya yo'nalishi faol talabasi Bo'ribayev Husniddining tavallud ayyomlari!!!

Hurmatli Husniddin! Sizga uzooq umr, baxt-saodat oilaviy xotirjamlik, doimiy zafarlar tilab qolamiz! Niyatimiz: samimiy ko‘zlaringizda doimo shodlik nurlanib tursin, yuzingizdan aslo tabassum tark etmasin!!! Baxt ham sizga havas ila boqsin!!! Kelgusi o‘qish va ishlarida hamisha muvaffaqiyat hamrohi bo‘lsin.

Tug'ilgan kuningiz bilan

Hurmat bilan "Albion" jamoasi
801 viewsMohira Yusupova, 03:11
Ochish/sharhlash
2022-08-16 12:53:38
ҚАЛБ НИМА У...?

Шерзод Карим
Малика Салимова


•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Яқинларингизга улашинг!
https://telegram.me/joinchat/EBkeNT8wOXpAsSelKCAtIA
814 viewsN.Ismoilova, 09:53
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:19:02
Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.

Az-Zamaxshariy


@Ilmziyosi_1
711 viewsN.Ismoilova, 07:19
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:18:35 Барча таълим муассасаларида дарс жараёнлари 5 сентябрдан бошланади

Бунда мактаб, лицей, коллеж ва техникумлар ўқувчилари, шунингдек ОТМ талабалари 5 сентябрь, душанба кунидан дарсга чиқишлари керак бўлади.


@xushnudbek
592 viewsN.Ismoilova, 07:18
Ochish/sharhlash
2022-08-15 21:20:12
#Kun_haqiqati

Afsonaviy jangchi Bryus Li va suv falsafasi. Juda ham maʼnoli gaplar.

Shaklsiz holga kel...


@Ilmziyosi_1
632 viewsN.Ismoilova, 18:20
Ochish/sharhlash
2022-08-15 21:12:58 ​​Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar 15-sentabrgacha ariza bermasa, kontrakt puli to‘lab berilmaydi

Davlat oliygohlarining magistraturasida o‘qiyotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktini davlat budjetidan to‘lab berish tartibi tasdiqlandi. Jarayon avtomatlashtirilmagan: talabgorlar 15'sentabrgacha rektorga ariza berishi kerak, undan kechikkanlarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi va ularning kontrakti qoplab berilmaydi.

2022-yil 7-mart kuni imzolangan prezident farmoni asosida, 2022/23 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplash belgilangan edi.

Bu yangilikni amalga joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.

Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabriga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktaabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi.

Ma’lum qilinishicha, 15-sentabrdan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘lov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.

Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

■ Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
■ Bosh prokuratura Akademiyasi;
■ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
■ Bank-moliya akademiyasi

Bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@davlat_va_jamiyat
592 viewsN.Ismoilova, 18:12
Ochish/sharhlash
2022-08-14 13:48:07
Magistraturani Rossiya davlatidagi Top-500 talikka kirgan universitetlarning birida davom qilish uchun albatta Rus tilida ravon so'zlasha olishingiz kerak.

Diqqat Urganch davlat Universiteti qoshidagi COWORKING markazida tashkil etilgan Rus tili kurslariga taklif qilamiz.

O'quv mashg'ulotlarini mentor Rus tili fan o'qituvchisi Go'zal Ro'zmetova olib boradilar

Грамматика
200.000

Разговор
200.000

Ro'yxatdan o'tish uchun @G_Bagandikovna
891 viewsMohira Yusupova, 10:48
Ochish/sharhlash
2022-08-13 19:49:58
Hurmatli yaxshilarim* Sizlar bilan kichik bir musobaqa o‘ynaymiz...

Ushbu musobaqa orqali kim bir kunda kitob o'qish uchun qancha vaqt ajratishini bilib olmoqchiman! Ya'ni siz hozir 21:45 dan boshlab ertaga 21:45 gacha qancha bet kitob o‘qir ekansiz. Ertaga roppa rosa soat 22:00 da menga (@Mohira_Yusupova) bir kunda necha bet kitob o‘qiganizni yozib yuborasiz! Faqat bir iltimos vijdonan yondashing, aldovlar bo‘lmasin! Men sizdan hech qanday isbot so‘ramayman, hammasini vijdoningizga havola etaman!

Eng muhimi g‘olib o‘z mobil telefoni uchun yangi g‘ilof egasiga ayalanadi...


Demak, biz boshladik! Hammaga omad!!!

@Mohira_Rasulovna
475 viewsMohira Yusupova, 16:49
Ochish/sharhlash