Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿 𝐅𝐈𝐋𝐎𝐋𝐎𝐆𝐈𝐘𝐀 𝐅𝐀𝐊𝐔𝐋𝐓𝐄𝐓𝐈

Telegram kanalining logotibi fakultetfilologiya — 🇺🇿 𝐅𝐈𝐋𝐎𝐋𝐎𝐆𝐈𝐘𝐀 𝐅𝐀𝐊𝐔𝐋𝐓𝐄𝐓𝐈
Telegram kanalining logotibi fakultetfilologiya — 🇺🇿 𝐅𝐈𝐋𝐎𝐋𝐎𝐆𝐈𝐘𝐀 𝐅𝐀𝐊𝐔𝐋𝐓𝐄𝐓𝐈
Kanal manzili: @fakultetfilologiya
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

❗Bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun:
- Grantlar haqida xabar qiluvchi;
- Ko'ngilochar;
- Kreativ yoritiluvchi xabarlar;
- 2T-Podcast - talabalar tajribalari ruknidan iborat birlashgan oqim.

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 18:31:35
Tarixda ilk bor...Sarhadlarimizdagi tarixiy,milliy davlatlarimiz bayroqlari ham bayramda ko'tarildi.

@fakultetFilologiya
377 views15:31
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:49:10 Shavkat Mirziyoyev 2026-yilgacha eng avvalo e’tibor qaratiladigan 5 ta asosiy sohani sanab o‘tdi

Birinchidan, TA’LIM, TA’LIM va yana TA’LIM!

Ikkinchisi — sud.

Uchinchisi — tadbirkorlik.

To‘rtinchisi — sog‘liqni saqlash.

Beshinchisi — aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash.

Davlatimiz rahbari har bir sohaga alohida to‘xtalib, barchasi bo‘yicha oldimizda turgan marralarni bayon qildi.


@fakultetFilologiya
483 viewsedited  14:49
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:45:36 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizga tabrik bilan murojaat qilmoqda. Tadbirdan onlayn translyatsiyani quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:

• YouTube:



@fakultetFilologiya
350 viewsedited  14:45
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:09:02 ​​Hammamiz shunday bo'lganmikinmiz?

Yangi o'quv yili oldidan muammolar to'lib toshadi. Ayniqsa,katta kurs bo'lib turib birinchi kurslarning savollariga javob berish ba'zida miyig'ida kulasan kishi.

Aslida, qachonlardir siz ham ilk bor poytaxtga kelganda hech narsa bilmagansiz. Faqatgina sizning davringizda ijtimoiy tarmoq bunchalik ommalashmagandi.

Demak, 1-kurs uka-singillarga "top" kerakli, bilib olishlari shart bo'lgan tushunchalar (ko'p beriladigan savollarga javob tariqasida) :

1.Toshkentha kelganingizda yuklaringiz bilan jamoat transportida yurishga erinasiz, uyalasiz,kuchingiz yetmaydi.
Shunday holatda, ba'zi muttaham taksichilar tuzog'iga tushmaslik uchun "Yandeks taksi" ilovasini yuklab oling. Manzilni yozasiz > turgan joyingizni belgilaysiz> masofa va vaqtga qarab narxni chiqarib beradi.Hech kim sizni aldolmaydi.

Ilovani yuklab olish

2. Eson-omon kvartira, turar joy masalasini hal qilib bo'lgandan so'ng, jamoat transportidan foydalaning doimo. Buning uchun vaqtinchalik ATTO kartasini (5ming) sotib oling.Pul tashlab, navbatsiz o'taverasiz metroda ham. Talabalik guvohnomasi berilgach, talabalarga mos sariq ATTO kartasini olasiz.

3.Jamoat transporti (avtobuslar) siz turgan bekatga qanchada kelishidan xabardor qiluvchi ilova ham bor.Bemalol, telefoningizdan avtobusingiz qachon, qaysi payt, nechchi daqiqada kelishini bilib olasiz.

Ilovani yuklab olish (yozuv ustiga bosing).

Kvartirangizdan universitetga qaysi avtobuslar borishini yaxshilab so'rab, tushunib oling.Bo'lmasa, taksida qimmatga tushib ketasiz.

4. "Makler nima?" degan savolni berishdi. Maklerdek (ayrim) bu dunyoda muttahamlar bo'lmasa kerak. Makler misoli dallol.Siz telegram kanallarda ko'rgan ko'pchilik e'lonlar aynan ular tomonidan qo'yiladi. Uning xizmat haqqini siz to'laysiz. Masalan, e'londa 400$ ga 2 xonali uy ko'rdingiz. "Makler haqqi bor, maklerskiy bor" deb yozib qo'ygan bo'lsa, kvartira sizga yoqsa olsangiz, maklerga 200$ to'laysiz (bir marta). Bu kvartira ijarasidan tashqari!

Shuning uchun maklersiz kvartira topishga harakat3 qilavering.

5. Kvartira e'lonlarida "shartnoma qilinadi"degan yozuv ko'rsangiz, bu degani siz turmoqchi bo'lgan kvartira egasi ijara shartnoma tuzib beradi (qanchadir muddatga).Bunda birinchidan, xohlagan payti sizga "chiqib ket"deb aytolmaydi. Ikkinchidam ijara pulidan 300 ming so'mini davlat qoplab beradi.(Shunaqa qaror bor). Shu sababdan, ijara shartnomasi qilingani ma'qul.

Hozircha shu maslahatlarni amalga oshirish yo'lini qiling.Hammamiz boshida sizning holatingizda bo'lganmiz.
Qo'rqmang, 1 oyda "Toshkanli" bo'lib ketasiz

Qaytib ketgingiz ham kelmaydi.

P.s: Kanalga kursdoshlaringizni taklif qiling.

@fakultetFilologiya
396 viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:43:10 ​​My.gov.uz va my.soliq.uz portalidan qanday qilib mustaqil ravishda INN olish mumkin?

Quyidagi yo'naltmalardagi videolarda, INN hujjatini qanday qilib mobil telefoningizdan turib yuklab olishingiz mumkinligi ko'rsatilgan.

1-yo'natma:


2-yo'naltma:


3-yo'naltma:


4-yo'naltma:



Soliq idorasiga borishingizga ham hojat yo'q. Agar shaxsiy kabinet mavjud bo'lsa.

P.s: Birinchi kurs tanishlaringizga yuborib, tushunmovchiliklariga barham bering.

@fakultetFilologiya
1.1K views12:43
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:33:02
Diqqat bu muhim!

Birinchi kurslar taqdim etishlari kerak bo'lgan 10-banddagi hujjat ham grantlar uchun olib kelishi shart bo'lgan hujjat hisoblanar ekan.

Chunki, ularning stipendiyalari tushadigan plastik kartani rasmiylashtirish uchun bu zarur.

Demak, kim stipendiya olishni istasa bu hujjatni olib borsin.
(Stipendiyali to'lov-shartnoma qilsangiz).

Bu hujjatni olish uchun qayoqqadir borish shart emas. My.gov.uz yoki My.soliq.uz saytlaridan olish mumkin.

@fakultetFilologiya
459 viewsedited  12:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:05:04 Aytgancha, yap-yangi auditoriyamiz a'zolariga bir gap aytsak. Kanalimizda universitetimizning eng iqtidorli, harakatchan va taniqli talabalari bilan onlayn o'tkaziladigan "2T-PODCAST" loyihamiz bor.

Hozirgacha, bu rubrikaning 27 ta soni o'tkazilgan. Yuqoridagi maslahatlar egasi Mohiyaxon Uzoqova bilan ham suhbat qurganmiz. Vaqt topib tinglab ko'ring.

Podcast haqida batafsil kechroq to'xtalamiz.
377 viewsedited  12:05
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:48:09 ​​Sen bularni bilasan, ammo...

Darrov sensiraganim uchun uzr, lekin shunday gapirsam, oramizdagi minglab kilometr "masofa" qisqargandek. Hozir aytadiganlarimni sen qachonlardir eshitgansan yoki ko'nglingdan o'tgandir, ammo endi amal qilishingni ham xohlayman:

1. Talaba talab qiluvchidir, ko'nikuvchi emas.
O'qishning ilk kunlaridanoq katta hayotga qadam qo'yganingni darrov sezasan. Endi kun yarmigacha uxlash, dadang bergan pulga to'yguningcha ko'ngilxushlik qilish, "yotvolib" youtubeda video ko'rish va h.k. lar senga yarashmaydi. Sen har behuda sarflagan soniyangda kimdir o'qib o'z ustida ishlamoqda. Ertaga aynan u senga rahbar bo'lishi, sen esa uning qo'l ostida ishchi bo'lib o'tib ketishing mumkin. O'zingga tizimli va aqlli strategiya tuzib ol, undan og'ishma. Bizga talabgir kadrlar kerak, bo'shanglar emas.

2. Imkon qadar tanishlaringni ko'paytir. Kuchlilarga yaqin bo'l.
Qaysidir haqiqatni tushunib yetishga biror tanishing sabab bo'lsa ajab emas. Odamlar bilan valaqlashma, lekin gaplash. Ulardan o'rgan. Hozirdanoq kelajakdagi hamkoringni tanlayotganingni unutma.

3. Faqat o'zingni o'ylama, lekin baholaringga ham ahamiyatli bo'l.
Xudbinlar uzoqqa bormasligini bilasan. Guruhdoshlaringga yordam ber, ammo ularni boqimanda qilib qo'yma. Maqsading ularga chindan yordam berishmi yo yordam berayotgandek ko'rinishmi? Bahoga "tupurganman" dema, agar kelajakda nufuzli xalqaro oliygohlarda o'qishni istasang, akademik tomonlama kuchli poydevor qurishing kerak. Chet elda bahoga qarashadi!

4. Yutuqlar oxirgi manzil emas, balki maqsadga erishish yo'lida vosita.
Soxta "diplom"larga uchib, o'zingni o'qqa-cho'qqa urma. Nima? Nega? Qayerda? Qachon? shularni aniqlashingga yordam beradigan davralargagina qo'shil, intil. Ularga rivojlanishing yo'lidagi vosita sifatida qara. Mukofotlar o'zi senga "oqib" keladi.

5. Google ishlatishni o'rgan!
Qo'lingda hamma savolga yechimi bor "sehrli portal" turganda odamlardan eng elementar savollarni ham so'rab yurishga uyal. Hech kim senga qimmatli vaqtini sarflab, javob berishga majbur emas! O'qi, o'qi va yana o'qi. G'oya tug'ildimi? Ana endi ustozing oldiga bora olasan, chunki nimalarnidir bilib boryapsan.

6. Tanqidiy fikrla.
Agar mana shu hodisa aksincha ro'y berganda nima bo'lardi? Balki mana bu fakt aslida xatodir? Shu kabi tanqidiy savollarni doim o'zingga berib bor va izlan. O'zingni ham isloh qil. Ammo bo'lar-bo'lmasga tanqidga berilma, chuqur mantiqiy asoslaring bilan hammaning yuragini zabt et.

7. Ishlayman deb, o'qishni yig'ishtirma.
Tushunaman, pul so'rashga oring yo'l bermaydi. Non yeyish kerak. Lekin hozir asosan o'qimasang, ertaga "chala" bilimlaring bilan uzoqqa bormasliging mumkin. Imkon topguncha faqat o'rgan, bilim ol. Mustahkam poydervorgina imoratni chidamli qiladi.

Sen yurmoqchi bo'layotgan yo'llar menga begona emas. Oz bo'lsa ham, senga kichik haiqiqatlarimni ulashdim. Bilaman, bilasan, lekin amal qilmasang, bilishing 0 ga teng. Faqat omad tilayman!

#kattalardanmaslahat
#birinchikurslarqarabyuboringlar

Mohiyaxon Uzoqova - Universitetimiz, fakultetimizning sobiq bakalavr va hozirda (yangi mavsumdan) magistratura bosqichi talabasi (o'zimizda), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi, innovator.

Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya
479 viewsedited  11:48
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:34:20
"Gospital maktabi"?! Nega tibbiy-pedagogik maktab emas?!

Yaqin soatlarda barcha blogerlar shu postni joylaydi.

Sababini esa juda yaxshi bilasiz...

"Zamin Fondi" kimga tegishli ekanligini o'ylab ko'ring.
382 viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:21:31
#yoshlartv #bayrammuborak

Imkoniyatlar zamini bo'lgan O'zbekistonimizning 31 yilligi barcha yurtdoshlarimizga qutlug' bo'lsin!

Sevinch Avazova – "Kelajak bunyodkori" medali sohibi, "Yosh kitobxon" tanlovi gʻolibi

Universitetimiz, fakultetimiz sobiq bakalavr talabasi va bu yildan(yangi mavsumdan) universitetimiz magistrant Sevinch Avazova bayram bilan barchangizni qutlamoqda!

@fakultetFilologiya
414 viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash