Get Mystery Box with random crypto!

Avgust so'nggida Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida, Yomg‘ir | 🇺🇿 𝐅𝐈𝐋𝐎𝐋𝐎𝐆𝐈𝐘𝐀 𝐅𝐀𝐊𝐔𝐋𝐓𝐄𝐓𝐈

Avgust so'nggida

Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab - sabrning ko‘zi o‘ngida –
Men sening ismingni aytdim erkalab.

Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi – bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir -
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.

Tushundim - taqdiring ishin yuritgan
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim: - Albatta, meni unutgan! -
Albatta, baxtlidir! Albatta, baxtli!

Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi? Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...
Baribir yig‘ladim...

Usmon Azim she'ri
Zarnigor Ibragimova ijrosi

@fakultetFilologiya