Get Mystery Box with random crypto!

Fakt va Fikr

Telegram kanalining logotibi faktvafikr2021 — Fakt va Fikr F
Telegram kanalining logotibi faktvafikr2021 — Fakt va Fikr
Kanal manzili: @faktvafikr2021
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.88K
Kanalning ta’rifi

Faktlarga asoslangan fikrlar. Mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaning siyosiy-örğatim kanali.

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-07 20:29:14
КИМ ЎЗБЕККА ДЎСТ-У, КИМ ДУШМАНЛИГИ НУКУС ВОҚЕАЛАРИДА БИЛИНДИ

1-3 июль куни Хоразм вилоятининг Орол туманида “алға”чи айримачилар уюштирган ёвузликлар пайти ва улардан кейин ким ўзбекка дўсту, ким душманлиги очиқ бўлди. “Туркий қардошларимиз” деб ҳисоблаб келганимиз баъзи қўшниларимиз кўнгилларида бизга нисбатан кин ва адоват сақлаб юришганини намойиш этишди. Ушбу пост ва постерлар ижтимоий тармоқларнинг қозоқ ва қирғиз бўлакларидан олинган. Кўзимизни очайлик, ватандошлар!
638 viewsFakt Fikr, 17:29
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:03:06
1-3 iyul kunlari “alğa”çi ayirmaçilar qanday buzğunçilik qilişganini köring! (2-qism) (Videomaterial “Eltuz” Telegram-kanalidan olindi)
614 viewsFakt Fikr, 17:03
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:43:37 6 iyul kuni bir qator OAV vakillari Nukus shahrida bo‘ldilar. Milliy gvardiya mintaqaviy bo‘limida joriy yilning 1-2 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda Kun.uz muxbirlari ham bevosita ishtirok etdi.

Milliy gvardiya rasmiylarining ma’lum qilishlaricha, namoyishlar aniq reja asosida va konkret shaxslar tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Chunki qisqa vaqt ichida juda ko‘pchilik safarbar qilingan, ularga spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar tarqatilgan. Bu fakt namoyishchilar orasida tan jarohati olib vafot etgan 14 nafar shaxsdan 13 nafarida murdasi sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan tahlillarda spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar topilgani hamda ko‘plab surishtiruvlar natijasida tasdig‘ini topgan.

Dastlab 1 iyul kuni aholini ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy namoyishga chorlagan Dauletmurat Tojimuratov profilaktik suhbatga chaqirilgan. Bundan xabar topgan bir guruh shaxslar shahar ichki ishlar boshqarmasiga yetib borib ommaviy tartibsizliklar uyushtirgan. Keyinchalik tartibsizliklar Nukus dehqon bozorida ham davom etgan. Namoyishchilar bilan uchrashish uchun Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamolov yetib boradi va to‘planganlar bilan muloqot qilishga kirishadi. Namoyishchilar Tojimuratovni olib kelishni talab qilib, qichqiradilar va bu talab bajarilib Tojimuratov ularning oldiga olib boriladi.

Aynan mana shu joyda avtomobilning tomi ustiga chiqqan Dauletmurat Tojimuratovni bir guruh shaxslar Qoraqalpog‘istonning yangi rahbari deb e’lon qiladilar va buning ramzi sifatida chopon kiydiradilar. Tojimuratov o‘z so‘zlarini shu choponni kiygan holda davom ettiradi va Qoraqalpog‘istonni O‘zbekiston tarkibidan chiqarishga va o‘zini yangi davlat rahbari deb tan olishga oid chaqiriqlar qiladi. Noqonuniy namoyish davomida uning tarafdorlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillariga jiddiy qarshilik ko‘rsatishgan.

Ayni paytda Tojimuratovga nisbatan 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) bilan ayblov e’lon qilingan.

Manba: Kun.Uz
608 viewsFakt Fikr, 16:43
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:43:32
Nukus voqealari qanday boşlangan edi?
601 viewsFakt Fikr, 16:43
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:34:21
“Alğa”çi ayirmaçilar “HTera” ratsiyalarini qayerdan olişgan?

“Fakt va Fikr” 1-3 iyul kunlari Horazm viloyatining Orol tumanida “alğa”çi ayirmaçilar tomonidan sodir etilgan yovuzliklar aks etgan videolarni elon qilişda davom etadi. Mana bu videoda ayirmaçilarning maşinasida “HTera” ratsiyasi közga taşlanadi. Ular bu uskunani qayerdan olişdi? Mana şuning özi ham separatistlar bu namoyişlarga avvaldan hamda kuçli xomiylar va professionla taşkilotçilar kömagida tayyorgarlik körganini isbotlaydi.
606 viewsFakt Fikr, 16:34
Ochish/sharhlash