Get Mystery Box with random crypto!

HAZIL ShEЪR Dushanbadan havoning, Avzoyi buzilarkan. O | FAKTLAR

HAZIL ShEЪR

Dushanbadan havoning,
Avzoyi buzilarkan.
Oliygoh, maktablarda,
Kanikul cho‘zilarkan.

Bu xabar xalq ichiga,
Yashinday kirib bordi.
O‘quvchi yu, talaba,
Qarsak chalib yubordi.

Ta’til kimga yoqmaydi,
Hamma ko‘nglini sozlar.
Xursand bo‘lishdi hatto,
Muallimu, ustozlar.

Eng yomoni bu yil ham,
Bayramdan qoldik quruq.
O‘n to‘rtinchi Yanvarda,
Yigitlarga sovg‘a yo‘q.

Har yili bir bahona,
Yurakni qiynar ohim.
Sakkizinchi martda ham,
Sovuq bo‘lsin ilohim.

Muallimning qalbiga,
Ming bitta savol to‘lgay.
Bilmam endi bir hafta,
kundalik nima bo‘lgay?!

Qancha bo‘lsa ham ta’til,
Botmaydi hech maloli.
Bo‘ysungaymiz, axir bu,
Hukumatning qarori.

Mayli yana bir hafta,
Qilgaymiz toqat, sabr.
Qor va sovuq bo‘lsa ham,
Maktab yaxshida baribir.

Dushanbadan havoning,
Avzoyi buzilarkan.
Oliygoh, maktablarda,
Kanikul cho‘zilarkan.

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar