Get Mystery Box with random crypto!

AYoL kim? Birinchi boʻlib, diktator - firʼavnga butun iymo | FAKTLAR

AYoL kim?

Birinchi boʻlib, diktator - firʼavnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz roʻpara turgan shaxs - erkak emas, AYoL boʻlgan. U - Sayyida Osiyo.

Birinchi boʻlib, Kaʼbatullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi boʻlgan shaxs - erkak emas, AYoL boʻlgan. U - Hojar onamiz.

Birinchi boʻlib, yer yuzidagi eng pok suv - Zamzam suvini ichishga erishgan shaxs - erkak emas, AYoL boʻlgan. U - Hojar onamiz.

Birinchi boʻlib, Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan shaxs - erkak emas, AYoL boʻlgan. U - Hadicha roziyallohu anho onamiz.

Birinchi boʻlib, Islom uchun jonini fido qilgan shaxs - erkak emas, AYoL boʻlgan. U - Sumayya roziyallohu anho.

Birinchi boʻlib, Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs - erkak emas, AYoL boʻlgan. U - Hadicha roziyallohu anho onamiz.

Birinchi boʻlib, Safo va Marva orasida yugurgan shaxs - erkak emas, AYoL boʻlgan. U - Hojar onamiz.

- Bilmagan har kimsa bilib olsinki, Ayol - Islom uchun faxrdir.
- Ayollarni hurmat qilgan va ularning qadr-qimmatini bilgan erkaklarga Allohning salomlari boʻlsin.
- Oʻzlarining qadr-qimmatini bilib, ibo-hayosi, iffati va hijobi ila oʻzlarini nomahramlardan himoya qilgan, ziynatlarini koʻz-koʻz qilmagan, Alloh uchun turmush oʻrtogʻi va farzandlarining xizmatini qilgan AYoLlarga ham Allohning salomlari boʻlsin

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar