Get Mystery Box with random crypto!

​​Diniy mavzudagi savollarga javob olish Baʼzida diniy mavzud | ...

​​Diniy mavzudagi savollarga javob olish

Baʼzida diniy mavzuda paydo boʻlgan savollarimizga yaqinlarimizdan javob ololmaymiz. Afsuski bu savolga "Google" yoki "Youtube"dan ham javob topolmasligimiz mumkin, "Youkey" platformasida ham diniy mavzudagi savollar qabul qilinavermaydi, baʼzi savollarni hududimizdagi ahli ilmlardan soʻrash noqulay boʻlishi mumkin. Shunday vaziyatlarda sizga "Zikr Ahlidan Soʻrang" platformasi yordam beradi.

Diniy mavzudagi savollaringizga ishonchli javob olish uchun takrorlang:

1. Savollar.islom.uz saytiga kiring
2. Yuqori oʻng burchakdagi "Kirish"ni bosib roʻyxatdan oʻting
3. Yuqoridagi "Savol berish"ni bosing, avvalo qidiruvdan foydalaning
4. Qidiruvdan javob topa olmasangiz savol nomini yozib, boʻlimni tanlang, savol turini shaxsiyga oʻtkazib qoʻysangiz savolingizni boshqalar koʻra olmaydi
5. Savolingizni yozib yuboring va kuting
6. "Profil belgisi"ga bosib, "Savollarim"ga bosib kelgan javobni koʻrishingiz mumkin

@ jalolmurad - Yoshlar biz bilan!