Get Mystery Box with random crypto!

FACTOR BOOKS 📚🤩

Telegram kanalining logotibi factor_books — FACTOR BOOKS 📚🤩 F
Telegram kanalining logotibi factor_books — FACTOR BOOKS 📚🤩
Kanal manzili: @factor_books
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.30K
Kanalning ta’rifi

📚Izlagan kitoblaringiz shu yerda!🎁
✅ Buyurtma berish: @factorbooks_info
🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola:
👉 http://myurls.co/factor.books
📞 998 95 035 95 11

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 10:02:59
#Tez_kunda
#Tuhfamiz
#Erik_Sigal

“Muhabbatda afsus-nadomatga o‘rin yo‘q”!

Haqiqiy sevgi bahonalarni pisand qilmaydi. Masofalarni-da nazariga ilmaydi. So‘nggi nafasgacha, har qanday vaziyatda baxtli bo‘la olganlargina yashash lazzatidan bahramand bo‘lishadi. Qolganlar shunchaki kun ko‘rib yuraversin...

Sevgi hamma joyda bir xil, lekin hikoyalar turlicha bo‘ladi. Xuddi barmoq izlarimiz kabi birovning sevgi tarixi boshqa birovning “Love story”siga o‘xshamaydi.

Asar bir nafasda o‘qiladi. Mutolaa davomida hayajonlanasiz, kulasiz, achinasiz, yig‘laysiz. Natijada nafas olishingizning maromi buzilishi mumkin. Kitob bilan birga ro‘molcha ham olvolishni unutmang...

Kuting, oz qoldi...

@Factorbooks — eng yangilari!
625 views07:02
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:34:01 ​​#Mutolaa

Kutish bu — oʻz joningga suiqasd qilishdek bir xatodir. Va men bu xatoni anglaganimdan beri kutishga yanada mahkamroq bel bogʻladim.

Berkutay Soysal,
“Kelmasang ham kutaman” kitobidan


@Factor_books — kitobxonlar tomondamiz!
723 views05:34
Ochish/sharhlash
2022-08-29 19:59:58 Kitobxonlik kechasi boshlanyapti. Fikrlashishga tayyormisiz? Unda bosing!
890 views16:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 18:30:41
Shogirdi kitobxon bo‘lishini istagan ustoz, avvalo, o‘zi mutolaaga sho‘ng‘ishi kerak!

Yangi o‘quv yili boshlandi! Hademay o‘quvchilar, muallimlar yozgi ta’tildan qaytadi. Hali horib ulgurmagan miyangizni eng sara asarlar bilan siylang!

Dam olgan, bilimga chanqoq bo‘lib turgan zehningizni IKAR bilan to‘yintiring!

Murod Muhammad Do‘st, Usmon Azim, Xurshid Davron va Erkin A’zam kabi ustozlarning kitoblaridan o‘zingiz xohlagan ozuqani olishingizga ishonamiz!

Fikrlash va dunyoqarashingizni yana-da kengaytirish uchun hoziroq bog‘laning:

+998950359511
+998950799511
BUYURTMA BERISH

Telegram | Facebook | Instagram
844 views15:30
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:23:50
#Factor_iqtibos

Ko‘pchilik odamlar kambag‘alliklarida halol va mehribon bo‘lishadi. Qo‘llariga ozgina mullajiring tegishi bilan esa toqat qilib bo‘lmaydigan holga kelishadi. Eng uyatchan va itoatkor yangi askarlikka olinganlar vaqt o‘tishi bilan eng shafqatsiz unter - zobitlarga aylanishgan...

Erix Mariya Remark,
“Qora haykal” kitobidan


• • • • • • • • • • • • • • • • •

Muqovasi: Qattiq
Narxi: 39 ooo so‘m

Hoziroq buyurtma bering ➺
+998 95 035 95 11
@Factorbooks_info

Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

@Factor_books — tuyg‘ularingiz tarjimoni!
919 views12:23
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:28:12
#Kitobdan_parcha

Agar har kuni ertalab
“Bugun, albatta, nimadir yaxshilik bo'ladi”, deb uyg'onsangiz, shunday bo'ladi.

G'azabni xotirjamlik bilan, yomonni yaxshilik yordamida yenging. Kambag'allikni saxiylik bilan, yolg'onni esa haqiqat bilan yenging!

Omad bor! Ishoning, faqat u harakatlar evaziga keladi.

O'zingiz bilan kurashishda g'olib bo'ling, shunda hayotning minglab kurashlarida ham g'olib bo'lasiz.

Ko'p pul topish bu – jasorat;
Ularni saqlab qolish – donolik;
Mohirona xarajat qilish esa san'atdir...

Mirach Chag‘ri Oqtosh,
“Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar” kitobidan


@Factor_books — yaxshi kitob o‘qishga haqlisiz!
1.2K views04:28
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:08:09 G‘OLIB ANIQLANDI!

Viktorinada ishtirok etgan, qimmatli vaqtini ayamasdan javob yo‘llagan barchaga jamoamiz nomidan tashakkur!

Kitobdagi yashirin so‘zlar quyidagilar edi:

1. Maruan;
2. XiyonAt;
3. JakliN;
4. QolishiDan;
5. Antonio;
6. ETdinglar.

Topshiriqlar bo‘yicha harflar to‘g‘ri topilsa, “MANDAT” so‘zi kelib chiqardi. “Mandat” — biror shaxsning vakolatini, muayyan faoliyat yoki narsaga huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.

Doimiy kuzatuvchilarimizdan Sarvinoz Yo‘ldoshboyeva birinchi va to‘g‘ri javob berib, bugungi viktorinamiz g‘olibasiga aylandilar!

Iltimos, @Factorbooks_info ga yashash manzilingiz va telefon raqamingizni yuboring. Kitoblarimizdan istaganingizning nomini ham qo‘shishni unutmang!

P.s. IKAR to‘plamidan tashqari. Bu uchun alohida viktorina o‘ylaganmiz

@Factor_books  —  kitob sovg‘a qilish uchun doim sababimiz bor!
993 views16:08
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:03:11
BOOKREBUS!

Demak, bu galgi yashirin so‘zimizning harflari “Alanga ichidagi ayol” kitobiga berkitilgan! Marhamat, ularni toping:

1. Suad o‘g‘lining ismi yodingizdami? Bosh harfini yozing.

2. Asarning to‘rtinchi bobi qanday nomlanadi? Beshinchi harfini yozing.

3. “Insoniyat Kurrasi” degan gumanitar tashkilotda ishlovchi odam ismining oxirgi harfi.

4. 92-sahifa, yuqoridan 27-qator, chapdan o‘ngga beshinchi so‘zning 7-harfi?

5. “O‘tmishing meni qiziqtirmaydi, Suad. Muhimi, bugunim va kelajagim sensan. O‘tgan hayotingni ortiq eslama!”. Suadga ushbu so‘zlarni aytgan qahramon ismining bosh harfi?

6. 119-sahifa, yuqoridan pastga oxirgi qatordagi so‘zning 2-harfi?

Javob topilishi bilan o‘yin to‘xtaydi, g‘olib kanalda e’lon qilinadi! Izohlar sizga muntazir
957 views16:03
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:31:42 Yarim soatdan keyin boshlaymiz. Kitobingizni olib, tayyor turing. Do‘stlaringizni safimizga taklif qilsangiz, vaqt tezroq o‘tadi...
923 views15:31
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:16:38 23:59 gacha vaqtingiz bor. Chegirmadan foydalanishga ulgurdingizmi?
941 views14:16
Ochish/sharhlash