Get Mystery Box with random crypto!

Faberlic Kompaniyasi Summer Beauty Day 2022 ishtiroq etdi Yoz | BIZNES_FABERLIC_UZBEKISTAN

Faberlic Kompaniyasi Summer Beauty Day 2022 ishtiroq etdi

Yozgi kunlarning birida, Moskva shahrida go'zallik va sog'likka bag'ishlangan Summer Beauty Day 2022 deb nomlangan katta tadbir bo'lib o'tdi.

Summer Beauty Day – bu Rossiyada kosmetologiya, fitnes, plastik jarrohlik, make-up va boshqa barcha go'zallik sohalarini birlashtirgan ilk tadbir.

Yozgi go'zallik kunining sarlavhasi Moskvadagi eng katta X-Beauty go'zallik uyining egasi qo'shiqchi Xanna bo'ldi. Ishbilarmon ayol, forum ishtirokchilarining o'zlarining go'zallik biznesini yaratish, ish va shaxsiy hayotni birlashtirish san'ati haqidagi savollariga javob berdi, shuningdek shaxsiy brendni yaratish tajribasi bilan o'rtoqlashdi.

FABERLIC go'zallik va o'z-o'zini parvarish qilish bo'limining marketing bo'yicha direktori Ekaterina Dubovka «2023 yilda tanlanadigan 3 go'zallik trendlari» mavzusida ma'ruzachi bo'ldi. Ekaterina nozik parvarish, terining yoshligini qanday uzaytirish; nima uchun go'zallik brendlari uglerod izini kamaytirish va sayyora salomatligi haqida o'ylashi; turbulent davrda qaysi vositalar xotirjamlik va mamnuniyatni saqlab qolishga yordam beradi; tijorat maqsadlarida muvaffaqiyatli bo'ladigan trendlarni qanday topish mumkin bo'lgan sirlar bilan o'rtoqlashdi.

Shunigdek, tadbirda quyidagilar ishtiroq etdi:
· Igor Stoyanov, «Персона» imidj-laboratoriyalar tarmog'ining asoschisi va prezidenti;
· Olga Foks, top-vizajist, go'zallik mutaxassisi, televidenie boshlovchisi;
· Igor Sannikov, Avito xizmatlari «Красота и здоровье» kategoriyasining rahbari va boshqalar.

Ishtirokchilar go'zallik sanoati 2022 yilda qanday o'zgarganini va ushbu sohada loyihani muvaffaqiyatli boshlash uchun nima kerakligini bilib oldilar. Asosiy mavzular orasida brendni yaratish va uni targ'ib qilish, loyihalarni kengaytirish usullari, go'zallik sohasidagi so'nggi trendlar bo'ldi.

Ko'rgazma maydonida forumning barcha mehmonlari Faberlic kompaniyasining quyidagi ekologik toza to'plamdagi mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar:

It’s clear - 94% -100% tabiiy ingredientlardan tashkil topgan dekorativ kosmetika;
Green Karma – kanob urug'i yog'iga asoslangan tabiiy terini parvarish qilish kosmetikasi.

Biz bunday muhim tadbirlarda ishtirok etishdan juda mamnunmiz!

Batafsil: https://new.faberlic.com/contsec/company/content-6616