Get Mystery Box with random crypto!

Abu Ali Ibn Sino bilan boʻlib oʻtgan taʼsirli voqea Abu Ali I | Expressively Ideation

Abu Ali Ibn Sino bilan boʻlib oʻtgan taʼsirli voqea

Abu Ali Ibn Sino janoblari....ayol kishini koʻrmas, koʻrsalar uyda oʻtirar, ayol kishini olib kelgan kishi ayol bilagidan ipga bogʻlab, ipning bir uchini ibn Sino janoblariga olib kirib berar, tabib ipning titrashiga qarab yurak urishini sanab, kasallik sirini aniqlab, davolar ekanlar. Bu ulugʻ zotga Alloh, shunday buyuk isteʼdod bergan ekan. U kishidan ziyon koʻrgan inson boʻlmagan ekan. Muxtojni oʻz puli bilan, dori bilan davolar, ming afsuski yaxshining yomoni, oqning qorasi boʻlganiday o‘sha paytda ham yaxshilik yoqmagan insonlar boʻlgan ekan. Ular koʻchada ketayotishsa bir katta ona it koʻcha chetida och-nahor ahvolda yotgan emish. Ular itni masxaralab kulishibdi. Shunda Abu Nosir ismli kishi birodarlariga:
“Kelinglar, shu itni Ibn Sinoga olib borib bir mazza qilmaymizmi?” debdi.
Birodarlari uni maʼqullashibdi. Ularning ikkitasi itning oldingi ikki oyogʻini koʻtarib ikki tomonidan qoʻltiqlab, ustiga xijob yopib Ibn Sinoga olib borishibdi. Oldingi oyogʻidan ipga bogʻlab, uning uchini Ibn Sinoga olib kirib berishibdi. Bechora ona it xurishga ham majoli yoʻq, hijob tagida jim yotgan emish.
Ibn Sino janoblari ipni ushlab uni titrashiga qarab turib debdi:
“Bu kishi kimning zaifalari?”.
Abu Nosir nima deyishini bilmay “meniki” debdi.
“Agar ushbu bemor sizning zaifangiz boʻlsalar, bu bemor sogʻ-salomatdur, faqat juda och, nochor. Koʻproq sut-qatiq berib turilsa, tez kunda junlari chiqib xojatingizga yaraydigan boʻlib qoladilar. Agar Robbim meni adashtirmagan boʻlsa, bemorning qorinlarida ham 5 yoki 6 ta oʻzlariga oʻxshagan bolalari bor”. Shu hazili uchun Abu Nosir “itning eri” laqabi bilan ataladigan boʻlibdi...


dunya_di

@expressively_ideation