Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya rubli qulashda davom etmoqda. O‘zbekistonga pul o‘tkaz | 🌏𝙀𝙭𝙥𝙧𝙚𝙨𝙨.𝙐𝙯🌏 Авиабилеты Aviakassa

Rossiya rubli qulashda davom etmoqda. O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari endi nima bo‘ladi?

3-mart holatiga ko‘ra Rossiya rubli 93 so‘mga tushib ketdi. Bu 2017-yildagi valyuta liberalizatsiyalashuvidan beri yangi rekord natija.
Shu munosabat bilan, Markaziy bank choralarni ko‘rishni boshladi. O‘zbekistonning barcha banklariga:

rubldagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha ayirboshlash operatsiyalarini uzluksiz amalga oshirish;

valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari o‘rtasidagi farqni maqbul ravishda saqlab turish;

Rossiya rublini sotish va sotib olish kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida o‘zgartirib borish tavsiya qilindi.

Bu nima degani?

Bu Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga pul mablag‘larini rublda yuborish va respublika hududida ushbu mablag‘larni ixtiyoriy valyutada qabul qilib olish imkonini beradi.

Markaziy bank mavjud vaziyatni muntazam kuzatadi va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valyuta va bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘radi