Get Mystery Box with random crypto!

XOʻROZLAR TONG OTGANINI QAERDAN BILADI? Savol: Tong otganini | Excellent Information

XOʻROZLAR TONG OTGANINI QAERDAN BILADI?

Savol: Tong otganini yerdagi xoʻrozlar qayerdan bilib qichqiradilar?
Javob: Alloh taolo bir oq xoʻrozni yaratgan. Uning qanotlari zabarjad, dur va yoqutlar bilan liq toʻladir. Uning bir qanoti magʻribda, yana bir qanoti mashriqdadir. Boshi Arsh tagida, oyoqlari havodadir. U har sahar chogʻida qichqiradi. Uning ovozini insonlar va jinlardan tashqari osmonlarda va yerda yashovchi barcha jonzotlar eshitadilar. Ana shu paytda yerdagi xoʻrozlar uning qichqirigʻiga javoban qichqiradilar. Qiyomat vaqti yaqinlashganda Alloh taolo haligi xoʻrozga: «Qanotlaringni yigʻ, ovozingni chiqarma», deydi. Shunda insonlar va jinlardan tashqari osmonlarda va yerda yashovchi barcha jonzotlar qiyomat yaqin qolganini biladilar. «Hayotul hayvon»da «Tarixu Asbahon»dan shunday naql qilingan.

"Nodir fatvolar"dan.

Mehrob_uz

@Excellent_Information