Get Mystery Box with random crypto!

KOICA ning uzoq muddatli magistrlik dasturlarida qatnashish uc | Adolat from Ewha Womans University

KOICA ning uzoq muddatli magistrlik dasturlarida qatnashish uchun nomzodlar qabuli boshlanganligini e’lon qilamiz!

Ishtirokchilar tanlovi tartibi:
o Arizani yuborish. Davlat tashkiloti → O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi → KOICA ning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Tasdiqlangan arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 15.03.2022

o 1-bosqich – KOICA ning O’zbekistondagi vakolatxonasida suhbat: 21.03.22 dan 25.03.22 gacha
Natijalarni e'lon qilish: 28.03.2022

o 2-bosqich - KOICA bosh ofisi va universitetlar tomonidan hujjatlarni ko'rib chiqish: 04.04.22 dan 15.04.22 gacha. Natijalarni e'lon qilish: 21.04.2022 yil

o 3 bosqich – Universitetlar tomonidan suhbat va yozma imtihonning o’tkazilishi:
21.04.22 dan 11.05.22 gacha. Natijalarni e'lon qilish: 19.05.2022

o Tibbiy ko’rik o’tkazish: 19.05.22 - 10.06.22 gacha. Natijalarni e'lon qilish: 16.06.22

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
1) O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan KOICA dasturida qatnashish uchun tavsiya etilgan O’zbekiston fuqarolari;
2) Davlat xizmatchilari, davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari, banklar, tadqiqot institutlari xodimlari, davlat maktablari o'qituvchilari;
- xalqaro NNT xodimlari ikkita tavsiyanomani taqdim etgan taqdirda qatnashishlari mumkin:
• O'zbekiston Respublikasi hukumati nomidan;
• Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi, xalqaro NNT, BMT yoki KOICA ning O'zbekistondagi vakolatxonasi nomidan.
3) O'zbekiston Respublikasida rasmiy tasdiqlangan bakalavr diplomiga ega bo'lish;
4) Ilgari Koreya Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etilgan magistrlik dasturlarida qatnashmaganlar;
5) Barcha o’quv dasturlari faqatgina ingliz tilida olib boriladi. Nomzod akademik ta’lim olish uchun yetarli darajada ingliz tilini bilishi lozim.

*** Qolgan talablar bilan Ilova yo'riqnomasi (Application guideline) va Dastur ma'lumotnomasi (Program Information) orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjatlarni tayyorlash va topshirish

o Tegishli dastur bo’yicha ariza shaklini yuklab oling va to'ldiring hamda universitet tomonidan talab qilingan barcha hujjatlarni to'plang (o'quv dasturi veb-saytiga havola: http://www.koica.go.kr/ciat/index.do Menyu → “Stay connected”→“ Notice ”)

o Izoh
- Ariza qo'llanmasini o'qib chiqqach, anketani to'ldiring;
- Har bir universitet uchun kerakli hujjatlar ro’yxati bir-biridan farq qiladi. Shuni inobatga olgan holda, avvalo, Dastur ma'lumotnomasi (Program information) va tanlangan dastur bo’yicha talab qilingan hujjatlar ro'yxati bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz.

Magistratura dasturlari to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun KOICA ning O'zbekistondagi vakolatxonasiga murojaat qiling:
Tel. raqami: +99890 045 4228
Elektron pochta manzili:
koica.sp@gmail.com