Get Mystery Box with random crypto!

#Tafakkur Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. | @EVRIKAQUIZTEST Kanali.

#Tafakkur

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. "Iymon" kitobidan tafakkurga chorlovchi satrlar

• Islom musulmonlarga taraqqiyot yo‘lida yurishni farz qilgan, kishilarni ilmga undagan, chunki inson shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi, taraqqiyotga ham erishtira olmaydi.

• «Har bir ilm egasi ustidan o‘ta biluvchi bor» (Yusuf surasi, 76-oyat).
Bu oyatning ma’nosi: Olimlar o‘z ilmlari bilan mag‘rurlanib, o‘z ustida ishlashni tark etmasinlar, doim ularni ham birov tanqid qilib qolishiga o‘zlarini tayyorlab tursinlar, demakdir. Qur’on musulmonlarni barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida bo‘lishga chaqiradi.

• Islom kishilarni ilmga chaqirish bilan kifoyalanib qolgan emas, balki ularga aqliy va fikriy harakatsizlikning oldini olish asoslarini ko‘rsatib bergan.

• Biror narsani atroflicha o‘rganish Qur’on buyurgan ilmiy asoslardan biridir. Qur’on oyatlarida bir narsani atroflicha o‘rganish uchun ko‘z, quloq, xususan, aqlni ishlatish oldinga suriladi.

• Islom ummati tartib-intizomda ham o‘rtacha, adolatli va afzal ummatdir. Unda hayot faqat his-tuyg‘u, vijdon va odob-axloq orqali tartib-intizomga solinmaydi. Balki insonning ma’naviy tarbiyasini kuchaytirib, odob-axloq, taqvo, halollik masalalarini ongi, aqli va vijdoniga singdirish bilan birga, hukmni ham ishga soladi. Chunki hamma ham faqat ruhiy-vijdoniy yo‘l bilan tuzalib qolmaydi.

@EVRIKAQUIZTEST