Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi — Oliy | "EVRIKA" O'QUV MARKAZI

Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi — Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.