Get Mystery Box with random crypto!

Blog yuritish, SMM, copywriting va matnlar bilan ishlovchi yos | Smm_blog

Blog yuritish, SMM, copywriting va matnlar bilan ishlovchi yosh mutaxassislar uchun elementar qoidalar:

• Sarlavhada nuqta qo'ymaslik;

• Gap boshini katta harf bilan boshlash;

• Statistika, raqamlar, faktlar, pullar keltirilgan ma'lumotlarga manba keltirish;

• Emojidan keyin bitta probel tashlash;

• Nuqta, vergul va boshqa ishoralardan oldin joy tashlamaslik;

• Nuqta, vergul va boshqa ishoralardan keyin joy (bitta probel) tashlash;

• Gapning ham boshi ham oxiriga ham emoji qo'ymaslik;

• Kriteriya qilib berilganda (;) dan foydalanish;

• Ijtimoiy tarmoqlar uchun matn yoki maqola yozganda abzats yoki gap boshida joy tashlamaslik;

• Oddiy so'zlar, atoqsiz otlarni (marketing so'zi ham) kichkina harf bilan yozish;

• Linklarni ibora yoki so'zning o'zigagina qo'yish (butun boshli matnni linkka aylantirib qo'yish shart emas);

• Biror sanoqli narsalarni keltirib o'tishdan oldin (:) qo'yish. Quyidagi: Masalan: - kabi;

• Ikonkalar va emojilarni zarur bo'lmagan holatda gapning boshida qo'yish;

• So'zning to'liq qismiga link berish. Bunday - emas.

• Faqat kerakli qismlargagina ishlov berish va o'ta bachkanalikdan saqlanish;

• 2 ta emojilarni yonma-yon joylashtirmaslik;

• Brend nomini to'g'ri yozish: Najot Ta'lim, "Najot ta'lim" - emas;

• Matnda shaxs sonlarida chalkashmaslik. Masalan: Biz sizga quyidagi mahsulotni tavsiya etadi;

• !!!, ??? - kabi imloviy ishoralarni ketma-ket yozmaslik;

• Imlo xato bilan yozmaslik;

Yuqoridagi xatolarga davomiy va surunkali ravishda yo'l qo'ya ko'rmang!

Mayda xatolarga e'tibor bermaslik, bora-bora katta xatolarga ham ko'z yumishingizga olib kelishi mumkin.

Telegram