Get Mystery Box with random crypto!

​Barcha kibersportchilar uchun “Rossiya — sport kuch-qudrati” | Esports Uzbekistan Federatsiyasi

​Barcha kibersportchilar uchun “Rossiya — sport kuch-qudrati” forumi doirasi o’tkaziladigan an’anaviy FIFA 22 UT va DOTA 2 yo’nalishlaridagi musobaqada Esports Uzbekistan Federatsiyasi a’zosi sifatida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etamiz.

Onlayn saralash bahslari quyidagi manzilda tashkil etiladi:
https://kuzbass.sgl.one.

Sovrin jamg’armasi 150.000 rubl bo’lgan FIFA22 yo’nalishidagi saralash o’yinlar “Long” rejimida 1 hafta davom etadi. O’zbekiston uchun saralashning boshlanish sanasi etib, 26-avgust belgilangan: https://kuzbass.sgl.one/tournaments/249/info

Har bir mamlakatning saralash bahslari g’oliblari 17-18 kunlari bo’lib o’tadigan grand-finalda ishtirok etishadi.

DOTA 2 yo’nalishida esa 500.000 rubl sovrin jamg’armasi etib belgilangan bo’lib, ushbu yo’nalishning saralash o’yinlari “Fast” rejimida o’tkaziladi:
Saralash №1 - 10-11 sentyabr: https://kuzbass.sgl.one/tournaments/256/info
Saralash №2 - 17-18 sentyabr: https://kuzbass.sgl.one/tournaments/257/info

Final bosqichi esa 24-25 sentyabr kunlariga belgilangan.

26-avgustga qadar ro’yxatdan o’ting! Shoshiling!

Bizdan uzoqlashmang…

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook