Get Mystery Box with random crypto!

~ Qalbimiz sindi... ~ 'Alloh singan qalblardadir ' - dedik. | 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤

~ Qalbimiz sindi...
~ "Alloh singan qalblardadir " - dedik.

Tark etildik ...
~ "Qul uchun - Alloh o‘zi yetmasmi? " - dedik.

Suyganimizga loyiq ko‘rilmadik ...
~ "Jannatga loyiq ko‘rilsak shuni o‘zi yetadi " - dedik.

Haqorat qilindik ...
~  "Robbimga havola" - dedik.

Xiyonatga uchradik ...
~ "Mazlumning haqqi Allohning zimmasida" - dedik.

Yetishmovchilik, muhtojlikning sovuq ayozi jonimizni kesib o‘tdi ... 
~ "Jannatda  yetishmovchiliksiz hayot bizni kutyabti" - dedik.

Qalbimizning mahbublaridan ayrildik ...
~ "Jannatda ayriliqsiz muhabbat bor" - dedik.

Uzoqlashdilar ...
~ “Alloh taqdir qilgan kungacha Allohimga omonat" -  dedik.

Aldadilar ...
... kuldik.

Yiglatdilar ...
... ko‘zda yosh bilan tabassum qildik.

Masxara qildilar ...
... Haqlariga istigfor aytdik.

Maqtadilar ...
~ "Barcha maqtov Allohgadir" - dedik.

Xo‘rladilar ...
~ "Gariblik muborak bo‘lsin, bu biz uchun sharaf " - dedik.

Kasallik bilan sinaldik ...
~ "Alloh eslabti, hasta Robbning suyukligidir" - dedik .

Yiqildik, turtildik ...
~ "Sirot emasku, alhamdulillah" - dedik.

Yurtimizdan uzoqlarda qoldik
~ "Jannatdan uzoqdaligimizning azobi oldida, bu masofalar chikora ..." - dedik
Pisand qilmadik ...

Azoblandik ...
Mashaqqatlar uyqularimizni yedi ...
~ "Qiyomat azobi bundan battar bo‘ladi" - dedik, sabr qildik .

Imtixon, sinov bo‘ynimizni egdi ...
Allohdan ofiyat tiladik ...

Xato qildik ...
Noumid bo‘lmay, Tavba bilan Robbdan tavfiq tiladik ...

Qalbimiz yolgizlikdan huvillab, maxzun qoldi ...
~ "Qalb - Allohsiz qolgandagina yolgiz hisoblanadi" - dedik

Sevdik ... sevilmadik ...

E’zozladik, e’zozlanmadik ...
~ "Alloh aziz qilsin, shu yetar " - dedik

Hamma hammasiga qo‘l siltadik va
~ "Jannatga yetib olsak, Oliy baxt marrasi bizniki" - dedik ...

Qalb sirlarim


@Eslatdik