Get Mystery Box with random crypto!

#HIJOB 1) Hijob - bu Alloh va Uning Rosuliga itoat: • 'Sen mo | 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤 🦅

#HIJOB

1) Hijob - bu Alloh va Uning Rosuliga itoat:

"Sen mo‘minalarga ayt: Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar zohir bo‘lgan ziynatlar bo‘lsa (mayli). Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar"
[Nur, 31]

Nabiy alayhissalom dedilar:
"Ayol kishining butun tanasi (nomahram erkaklarga nisbatan) avratdir"
[Termiziy rivoyati]

2) Hijob hayoni ifodalab, iffatni saqlaydi.
Haqiqiy muslima hijobi atrofdagi nomahram nazarlardan himoya qilib, nomusni saqlash uchun hizmat qiladi:

"Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va mo‘minlarning ayollariga ayt: yopinchiqlarni o‘zlariga yaqin qilsinlar. Ana o‘sha, ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh o‘ta mag‘firatli va rahmli zotdir"
[Ahzab, 59]

3) Hijob - bu poklik.
Alloh satrlanishni qalblar uchun poklik deb sifatlagan.

"Qachonki ulardan biror narsa so‘rasangiz, parda ortidan so‘rang. Shunday qilmog‘ingiz o‘z qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir"
[Ahzab, 53]

4) Hijob - bu taqvo belgisidir:

"Ey Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to‘sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o‘sha yaxshidir. Ana o‘shalar Allohning oyat-belgilaridandir"
[A'rof, 26]

@Eslatdik