Get Mystery Box with random crypto!

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida shashka va shaxmat sport | Эски Жар Ариқ

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida shashka va shaxmat sport musobaqasining sektor bosqichiga start berildi

Shashka musobaqasi 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalarida o'g'il - qizlar o'rtasida o'tkaziladi.

O'yinlar olimpiya dasturi bo'yicha o'tkaziladi va mag'lub bo'lgan sportchi musobaqani tark etadi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari yakka tartibda (shaxsiy) hisobda aniqlanadi hamda har bir ishtirokchi uchun 20 daqiqa vaqt nazorati beriladi.

Shaxmat musobaqasi 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida yigit - qizlar o'rtasida alohida o'tkaziladi.

Shashka va shaxmat musobaqasini o'tkazish tartibi to'g'risidagi videoqo'llanmani YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin!

Musobaqalarni o'tkazish manzillari ushbu havolada

Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot telegram boti orqali topishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz @yoshlarplatformasi

Telegram • Facebook • Instagram • YouTube • Twitter