Get Mystery Box with random crypto!

Eski fikr

Telegram kanalining logotibi eski_fikr — Eski fikr E
Telegram kanalining logotibi eski_fikr — Eski fikr
Kanal manzili: @eski_fikr
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 66
Kanalning ta’rifi

@taqof

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-06 18:38:55 Markaziy bank xabari

Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan bildirilayotgan fikrlar borasida Markaziy bank quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ichki nazorat qoidalarining 49-bandiga kiritilgan dastlabki 2 ta xatboshisida keltirilgan mezonlar jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kartadan kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladigan noqonuniy operatsiyalarni aniqlashga qaratilgan.

Bunday operatsiyalar turiga noqonuniy qimor va garov o‘yinlari bo‘yicha operatsiyalar, firibgarlik holatlari va boshqalar kiradi. Bugungi kunda mazkur turdagi operatsiyalarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday noqonuniy operatsiyalar quyidagi yo‘llar bilan:

bir jismoniy shaxs tomonidan turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalari yordamida yirik miqdordagi pul mablag‘larini bo‘lib-bo‘lib o‘tkazish orqali;

pul mablag‘larini konversiya qilish yoki naqdlashtirish maqsadida turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalaridan mablag‘larni bitta kartaga o‘tkazish;

bitta jismoniy shaxs kartasidan boshqa jismoniy shaxslarning bank kartalariga yoki elektron hamonlariga ma’lum vaqt ichida ko‘p miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazilishi va aksincha, bitta jismoniy shaxs kartasiga boshqa shaxslarning bank kartalaridan yoki elektron hamonlaridan pul mablag‘larini kelib tushishi orqali amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga yangi kiritilgan o‘zgartirishlarda yuqorida ta’kidlangan operatsiyalarni aniqlash uchun operatsiyalarni amalga oshirilishi davriyligi va miqdoriga tegishli mezonlar kiritildi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ushbu yangi qoidalar jismoniy shaxslarning omonatlarini elektron hamonlariga yoki bank kartalariga qaytarilishi, shuningdek, tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar, xususan, ipoteka krediti yoki avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovi bilan bog‘liq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.

Ya’ni shubhali operatsiyalarni aniqlashda omonat va kredit hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinmaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilmaydi.

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan o‘z tavakkalchiliklaridan kelib chiqqan holda, mobil ilovalarda bir jismoniy shaxs tomonidan biriktiriladigan bank kartalari soniga yoki operatsiyalar summasiga nisbatan chegaraviy monitoring mezonlari joriy qilingan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti soha bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib, barcha tashkilotlardan yuborilayotgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni saralash, qayta ishlash hamda tahlil qilish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarini aniqlaydi.

Shu sababli, qayd etilgan mezonlarga muvofiq keluvchi operatsiyalar maxsus vakolatli davlat organiga banklararo o‘tadigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash maqsadida umumiy tahlilni amalga oshirish uchun yuboriladi.
2.3K views15:38
Ochish/sharhlash
2023-04-06 10:56:55 ​​Bir kuni u jilmayib turib “oʻzingiz munosib boʻlgan qadar baxt tilayman”, dedi. Oʻshanda bu gapi bilan duo qilmoqchi edimi, yo meni qargʻamoqchimidi, haligacha tushunolmayman...

@eski_fikr | barchasi jiddiy
1.3K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-04-05 23:01:01 Кимда, Эски йилларда очилган

2021, 2020, 2019, 2018, 2017, 2016, 2015

Шу йилларда очилган каналлар ва группалар бўлса сотиб оламан!!!

Обуначиси бўлиши шарт эмас!

Нархлар, келишувлар личкада!

Личкам
@Kanal2022x
2.6K views20:01
Ochish/sharhlash
2023-04-05 14:09:31 ​​​​Shunday yaqin insonim boʻlishini istaymanki, men u bilan xuddi oʻzim bilan gaplashganday va hamma narsa haqida gaplasha oladigan boʻlsam.

Dostoyevskiy

@eski_fikr | barchasi jiddiy
1.6K views11:09
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:55:51 ​​"Vaqt oʻtyapti!" deymiz sal hazinlik bilan. Bu gapni inson oʻzini ovutish uchun oʻylab topgan. Aslida biz oʻzimiz oʻtyapmiz…

Asqad Muxtor

@eski_fikr | barchasi jiddiy
1.7K views10:55
Ochish/sharhlash
2023-04-04 18:56:51 ​​— Meni hech qachon tashlab ketma.
— Seni hech qachon tashlab ketmayman.
— Hech qachon, - yana takrorladi u. — Hech qachon qanchalik - qisqa muddat...

Remark (Qora haykal)

@eski_fikr | barchasi jiddiy
1.9K views15:56
Ochish/sharhlash
2023-04-04 16:58:06 ​​Seni xafa qilib qo‘ymayin deb, ko‘nglimda saqlamayman...
Ko‘z o‘ngimdan yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, ko‘zimda ham saqlamayman...
Seni ko‘nglimda, ko‘zimda emas, balki jonimda saqlayman.
Toki oxirgi nafasimda ham menga yor bo‘lgaysan...

Shams Tabriziy

@eski_fikr | barchasi jiddiy
2.6K views13:58
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:50:46 ​​Ertalab turganingda va kechqurun yotishdan oldin kim haqida oʻylasang, oʻsha inson baxting yoki baxtsizliging sababchisidir.

Erix Mariya Remark

@eski_fikr | barchasi jiddiy
744 views11:50
Ochish/sharhlash
2023-04-02 18:43:00 ​​Insonga ishonch berishing, uni qo'liga pichoq tutqazishingdir. U bilan balki seni himoyalaydi... va yoki yo'q qiladi..!

Umar Xayyom

@eski_fikr | barchasi jiddiy
2.7K views15:43
Ochish/sharhlash
2023-04-02 16:01:08 ​​Hech kim yolgʻondan oʻlmaydi, deyishadi, bu haqiqat, lekin qalb, doʻstlik, ishonch va insoniylik oʻladi.

Erix Mariya Remark

@eski_fikr | barchasi jiddiy
3.2K views13:01
Ochish/sharhlash