Get Mystery Box with random crypto!

Eski fikr

Telegram kanalining logotibi eski_fikr — Eski fikr E
Telegram kanalining logotibi eski_fikr — Eski fikr
Kanal manzili: @eski_fikr
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 66
Kanalning ta’rifi

@taqof

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 139

2022-08-30 16:31:15 ​​Ba'zida odamlar juda ko'p o'ylab yuborishadi, aslida shunchaki yashash kerak.

Oleg Roy

@eski_fikr | barchasi jiddiy
6.3K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:30:00 ​​Taassuf

Dil deganing shaytonning ini,
El deganing elatmas, elmas.
Tomiringda to‘ng‘izning xuni,
O‘lsang o‘zing yig‘laging kelmas.
Ikki yuzda ikki yuzta yuz,
Bir-birini aldar tun va kun.
Kim "kimlar"ga aylanar, afsus,
Bir mavzuga aylanish uchun.

Bu kunlarning shovuri o‘ktam,
Hovurini bosolmas o‘pka.
Yalmog‘izlar farishta tuqqan-
Parilari chayonni o‘pgan.
Yig‘lay desang yig‘lab bo‘lmaydi,
Diydang qotgan diydiyolardan.
Bilmam, arshning eshigi qayda,
Gunohlarning gardani bardam.

Eskirmaydi balandparvoz gap,
Beri kelmas mazlumlar jardan.
Kuppa-kunduz ko‘zingni bo‘yab,
Toshbaqalar uchar minbardan.
Boshog‘riqman zaminga
men ham
El qatori nafsiga asir..
Bir amallab kafanga sig‘sam,
Xudo, sen ham amallab kechir!

Rashid Xo‘jamov

@eski_fikr | barchasi jiddiy
6.7K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:43:07 ​​​​Din — ko‘chadagi odamlar tomonidan to‘g‘ri, faylasuflar tomonidan yolg‘on, siyosatchilar tomonidan esa foydali deb qaraladi.

Seneka

@eski_fikr | barchasi jiddiy
6.2K views04:43
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:58:02 ​​Inson dengiz kabidir. Faqatgina usti bilinadi. Ostida nima saqlaydi, qanday g’alayonlar borligi noma‘lum.

@eski_fikr | barchasi jiddiy
6.2K views17:58
Ochish/sharhlash
2022-08-29 18:57:02 ​​Esingizda bo'lsin, hech kimdan qarzdor emassiz. Boshqa odamlar uchun rejalar tuzmang. O'zingizga g'amxo'rlik qiling va o'zingiz uchun yashang.

Paulo Koelo

@eski_fikr | barchasi jiddiy
5.9K views15:57
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:29:02 ​​Men doim yaxshiman va bu mening yagona yomon tomonim. Chunki har doim yaxshi boʻlishdan yomoni yoʻq.

Dostoyevskiy

@eski_fikr | barchasi jiddiy
5.5K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:39:29 ​​Sevmoq - aldanishga rozi bo'lmoqlikdir.

Pyer Reverdi

@eski_fikr | barchasi jiddiy
5.9K views09:39
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:41:11 ​​O'rmonda fil qochib ketyotgan ekan. "Nega qochyapsan?" deb so'rashdi.

— Sher o'rmondagi hamma jirafalarni o'ldirishga buyruq beribdi, - deya javob qildi u.
— Sen jirafa emas, filsan-ku?
— Buni bilaman. Lekin vaziyatni kuzatib borishni u eshakka topshiribdi...

Mubashshir Ahmad

@eski_fikr | barchasi jiddiy
6.2K views03:41
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:53:56 ​​Odam aslo oʻzgarmaydi, garchi oʻziga oʻzi ming xil vaʼdalar bersa ham. Ular seni kuragingni yerga tekkizishganida pushaymon boʻlasan-u, lekin bir marta erkinroq nafas olsang, barcha qasamlar unutiladi...

Remark (Jannatdagi soyalar)

@eski_fikr | barchasi jiddiy
6.1K views18:53
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:23:02 ​​Tashqarida yomg‘ir, ichkarida men,
Chekarmiz dunyoning ikki xil g‘amin.
Yig‘larmiz: u — bahor foniyligiga,
Men — boqiyligiga hijron alamin...

@eski_fikr | barchasi jiddiy
5.7K views18:23
Ochish/sharhlash