Get Mystery Box with random crypto!

​​Nahotki unutding, Ko'nding bariga? Meni eslatsalar yonmasmi | Eski fikr

​​Nahotki unutding,
Ko'nding bariga?
Meni eslatsalar yonmasmi iching?
Yuragim - tanamning devorlariga
O'zing yopishtirib ketgan maktubing.

Unda rozlaring bor, toshbitiklarga
bitilgan o'tmishday qadim va sirli.
Meni arzitmading muhabbatingga
Azizim, ne topding endi arzirli?!

Yuragim – maktubdir, sening maktubing.
Yondirsam yurakdan bo'laman judo.
Sensiz hech o'tmaydi kunim deganding
Azizim, kunlarning egasi – xudo.

Agarda bizniki bo'lsaydi kunlar,
Agarda boshqara bilsaydik uni,
Azizim, kunlarning ichidan, albat,
Yulib otar edim sen ketgan kunni.

Gulruh Xudoyorova

@eski_fikr | barchasi jiddiy